45
vishda, signalga binoan oldinga, orqaga va yon tomonlarga
yengil, ohista va tez siljish.
2. Yiqilish mashqlari, o‘tirgan holatdan orqaga va yon to-
monga dumalash o‘z-o‘zini ehtiyotlab boshi bilan umbaloq
oshish, tik turgan holatdan orqasiga-yonboshiga
dumalash va
sherigi tutib turganda umbaloq oshish, to‘rt oyoqlab turgan
sherigining ustidan umbaloq oshish, to‘rt oyoqlab turgan she-
rigining ustidan umbaloq oshib o‘tish.
3. Tik turganda juft-juft bo‘lib siljish, sherigini va uzoq ham-
da yaqin masofani his qilib oldinga, orqaga, yon tomonlarga
siljish. Vazifa – sheriklardan biri masofani buzadi, ikkinchisi
masofani buzmay, sherigini yaqinlashtirmaydi, uni uzoq qo‘yib
yubormay
masofa saqlaydi, qo‘l ushlashib, navbati bilan ta-
shabbusni o‘zgartirib, bir-biri bilan kelishib oldinga, orqaga
yoki yon tomonlarga hiyla ishlatib siljish.
4. Hiyla ishlatish va qo‘lidan ushlab olish, sherigi bilan ol-
dinga, orqaga yoki yon tomonga siljib yurish, payt poylab ikkala
qo‘li bilan sherigini qo‘lidan ushlab olish.
5. Hiyla ishlatish va belbog‘dan ushlab olish,
sherigi bilan
oldinga, orqaga yoki yon tomonga siljish. Signalga binoan sheri-
gini old tomondan, qo‘li ostidan belbog‘idan ushlab olish.
6. Hiyla ishlatish va sherigini belidan ushlab olish. Sheriklar-
dan biri diametri 1 m bo‘lgan aylana ichida turadi, ikkinchisi
uning oldida siljib yurib, unga yaqinlashadi va uzoqlashadi, or-
qasi bilan o‘girilib, atrofida aylanadi, qo‘llarini ko‘taradi va
hokazo. Aylanada turgan sherikning vazifasi -hiyla ishlatayot-
gan raqibni old yoki orqa tomondan belidan ushlab olish. Bunda
faqat bir oyog‘i bilan aylanadan chiqarishga ruxsat etiladi.
7.
Xuddi shunday, kurashchilardan biri aylana ichida bo‘ladi,
boshqasi hiyla ishlatib yuradi, ammo bunda sherikni qo‘lidan
ushlash zarur.
8. Aylanadan tashqarida hiyla ishlatish, signalga binoan she-
rikni istalgan usul bilan ushlab olish va uni yerdan ko‘tarish.
Yuqorida keltirilgan mashqlar kompleksida kurashda qo‘lla-
niladigan usul elementlari bor. Har bir mashq ma’lum bir
harakat malakalarini shakllantiradi. Umuman, butun kompleks
kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlikning rivojlanishiga yordam
beradi, yosh polvonlarni kurash texnikasini egallab olishga tay-
yorlaydi. Bu mashqlar trenirovka vazifasini bajaradi.
46
Kurash tushish oilaviy an’anaga aylangan oilalarda bolalarda
kurashchi bo‘lish istagi ilk yoshlik davridan paydo bo‘ladi. Bu
yoshda bolalar kurashni o‘rganish ishtiyoqlari borligini aytadilar.
Shunda oila boshlig‘i yoki kurash san’atini biladigan katta yoshli
kishilardan biri mashg‘ulotlarni boshlab yuborishi mumkin.
Buning uchun u avval o‘smirlarning salomatligi haqidagi ma’-
lumotlarni oladi.
Ular esa, o‘z navbatida, tibbiy ko‘rikdan o‘tib,
shifokorlardan kurash mashg‘ulotlariga borish mumkinligi
haqida ruxsatnoma oladilar.
Shundan so‘ng oilada kurashning qaysi turi bilan shug‘ul-
lanish – buxorochami yoki farg‘onacha -masalasi hal qilinadi.
O‘rganish uchun tanlangan sport turiga muvofiq yaktak tikiladi.
Odatda, bolalarni milliy kurashga o‘rgatish uchun tanlab
olayotganda trenerlar ham, ota-onalar ham ular gavdasining
tuzilish xususiyatlariga, jismoniy sifatlariga asoslanadilar. O‘s-
mirning u yoki bu sport turiga loyiq yoki noloyiqligini ko‘z
bilan chamalab belgilaydilar. To‘g‘ri, zuvalasi pishiq, yaxshi
rivojlangan o‘smirdan kurashchi sportchilar yetishtirish oson.
Sport uchun shu tarzda bola tanlashni tushunish mumkin, lekin
buni ma’qullamaslik kerak.
Oila bolalarni milliy kurash mashg‘ulotlariga
jalb qilar ekan,
oila ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy rivojlanti-
rish, chiniqtirish, ba’zi bir shaxsiy va axloqiy sifatlarni tarkib
toptirishni nazarda tutadi.
Bolalarni oilada kurash tushishga o‘rgatishda ularning yuksak
sport natijalariga erishishi maqsad qilib qo‘yilmaydi. Ammo
oilada kurash bilan shug‘ullanib, keyinchalik sportga ko‘ngil
qo‘yganlar orasida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan sportchilar
juda ko‘p.
Oiladagi kurash mashg‘ulotlari yuqorida keltirilgan maxsus
trenirovka mashqlaridan boshlanadi. Kurashga o‘rgatishning bi-
rinchi bosqichida mashg‘ulotlar 45 daqiqadan oshmasligi kerak.
Bu mashg‘ulotda tavsiya qilinayotgan hamma maxsus mashq-
larni bajarish mumkin emasligi o‘z-o‘zidan ravshan. Mash-
g‘ulotda 7-8 ta mashq bajarish kifoya.
Kurash tushishga o‘rgatishning ikkinchi bosqichi uchun 10
ta mashg‘ulot kerak. Ikkinchi bosqich materiallarini quyi-
dagicha taqsimlash mumkin: