φk+ φy+ φya+ φya.t=360 ͦ
Kulachok mexanizmining ish burchaklari
φk+ φy+ φya = φish
φk-kulachokning uzoqlashish faza burchagi;
φy-kulachokning uzoqda turish faza burchagi;
φya-kulachokning qaytish burchagi;
φyat-kulachokning yaqinda turish burchagi;
Kulachokli mexanizmni analiz qilish uchun mexanizmni turi, o’lchamlari va profile ma’lum bo’lishi kerak. Kulachokli mexanizmning kinematic sxemasi bo’yicha kulachokning turli burilish burchaklarida turtkichning S=S(φ) siljishi aniqlanadi. So’ngra siljish diagrammasini grafik usul bilan differensiallab, tezlik analogi
Ikkinchi marta differensiallab, tezlanish analogi
Hosil qilinadi.
Laboratoriya ishini bajarishda kulachokli mexanizm yetaklanuvchi zvenosi turtkichning siljishi tekshiriladi.
Uskunani tuzilishi va ishlashi
Uskuna – tayanch 1 ga o’rnatilgan kulachoklar 2, valiga 3, kulachok valigini aylantiruvchi richag 4, rolikli turtkich va unga biriktirilgan yozish moslamasi 6, qog’ozga turtkichning siljishini chizish barabani 7, konussimon tishli uzatma 8 dan iborat.
Kulachokli mexanizmni analiz qilish uchun uskunaga bir necha xil profilli kulachoklar o’rnatilgan. Richag aylantirilganda, kulachok valik bilan birga aylanib, turtkichni siljitadi. Ayni paytda konussimon uzatma yozish barabanini aylantiradi. Turtkichning birlashgan yozish moslamasi aylanuvchi barabandagi yuk qog’ozga turtkichning siljish grafigini chizadi.
Ishni bajarish tartibi
Barabanga oq qog’oz o’raladi.
Tekshirilayotgan kulachokka turtkich o’rnatiladi.
Richag aylantirilib, kulachok markaziga yaqin holatga turtkichning ko’tarishining boshlanish vaziyati to’g’rilanadi.
Richag aylantirilib, turtkichning siljish grafigi chiziladi va chizma barabandan olinadi.
So’ngra chizmaga ordinate va abscissa o’qlari o’tkaziladi. Absissa o’qi bo’yicha burilish burchagi, ordinate o’qi bo’yicha turtkichning siljishi belgilanadi.
Hosil bo’lgan grafik hisobot varag’iga yopishtiriladi. Kulachokning faza burchaklari va turtkichning maksimal siljishi chizmadan o’lchanadi.
Hisobot varog’I to’ldirib, ish tioshiriladi.
Nazorat savollari
Kulachokli mexanizmlarni analiz qilishdan nima maqsad ?
Kulachokli mexanizmlar turlari ?
Kulachokli mexanizmlar faza burchaklari ?
Turtkichga o’rnatilgan rolikning vazifasi nima ?
Kulachokli mexanizmlar qayerlarda ishlatiladi ?
Kulachokli mexanizmlarning afzalligi va kamchiligi?
Do'stlaringiz bilan baham: |