xosdir. Bunday dengizlar suvining kalsiy karbonatga to ‘yinganligi
kuzatiladi, buning oqibatida jonivorlarning qattiq karbonatli skeletlar
hosil qilish qobiliyatlari susayadi. Bundan tashqari,
plankton
jonivorlar orasida kremniyli qobiqqa ega bir hujayrali diatomli suv
o ‘tlarining serobligi, radiolyariylar oilasi va turi tarkibi ancha
kambag‘alligi kuzatiladi.
Iliq suvli havzalarda ham va sovuq suvli dengizlarda ham
yashovchi suyakli jonivorlarning tosh qotgan
qoldiqlari bir vaqtning
o ‘zida va birgalikda uchrashi qadimgi dengizlarning yuza suvlarida
harorat yuqori bo‘lgani holida cho‘kma cho‘kish jarayoni mazkur
dengizlarning teran chuqurliklarida ro‘y berganligidan darak beradi.
Dengiz oqimlari yo‘nalishlarini aniqlash.
Dengiz tubida hukm
suruvchi oqimlar o ‘lgan jonivorlar chig‘anoqlarining dengiz tubida
tartibli
yotqizilishini
ta’min
etadi.
Agar
kosasimon
yoki
taqsimchasimon, qavariq-botiqli chig‘anoqli dengiz tubida qabariq
tomoni
bilan yotsa, unda chig‘anoqning qalin tomoni oqimga qarshi
y o ‘nalgan bo ‘ladi. C hig‘anoqlarning bo‘rtgan joylari mavjud bo‘lsa,
mazkur bo ‘rtm alar ham odatda doimo oqimga qarshi yo‘nalgan
bo ‘ladi. Silindrsimon yoki cho‘zinchoq konussimon shaklga ega
jonivorlar (ortotseratitlar, tentakulitlar, belemnitlar va ba’zi boshqa
jonivorlarning
chig‘anoqlari) tashilish
paytida
havza
tubiga
ishqalanmasa, asos qismi (ingichka tomoni) bilan oqimga qarshi
holda, agar dengiz tubida yumalab harakatlansa, y a’ni tashilsa, asos
qismi bilan oqim y o ‘nalishida yotib qoladi. Havzaning nisbatan katta
chuqurliklarida (chuqur shelf zonasida) dengiz tubi oqimlari o ‘z
y o ‘nalishlarini uzoq vaqt saqlab qoladi.
Bunday oqimlarning
mavjudligini ketma-ket keluvchi qatlamlardagi chig‘anoqlarning bir
;Xil y o ‘nalganligi ko‘rsatib turadi, havzaning sayoz zonalarida esa
suv oqimlari o ‘z y o ‘nalishlarini tez-tez o ‘zgartirib turadi va buning
oqibatida,
ikkita ketma-ket yotuvchi
qatlamlarda qamralgan
chig‘anoqlar turlicha y o ‘nalgan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi quruqlikni tiklash.
Ushbu jarayonda, avvalo, yuvilish
(turlicha xarakterdagi
material laming ham doimiy va ham
vaqtinchalik yuvilish oblastlari) va akkumulyatsiya (to‘p!anish)
oblastlari aniqlanadi. Relyefhing aniqlanishi,
qadimgi daryolarning
joylashishi, ularning oqim y o ‘nalishlari va dengizga quyilish joylari
(deltasi), ko‘l va botqoqliklarning holati, shamol y o ‘nalishi, iqlimiy
53
zonallik va yana shunga o ‘xshash omillarni aniqlash quruqlikni
tavsiflashdagi asosiy ko‘rsatkichlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: