xarita aniqligi va ishonchliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayni
paytda, daliliy m a’lumotlar tadqiqot hududida bir tekis tarqalgan
b o isa , ushbu omil ham paleogeografik xaritaning obyektivligi
yuqori bo‘lishini ta ’min etadi. Aniq daliliy materiallarni taxminiy
m a’lumotlardan to ‘liq
ajratib
qarash
lozim
b o ia d i, chunki
paleogeografik xarita muhim geologik hujjat bo‘lib, ushbu asosda
hududda foydali qazilma konlari mavjudligi bashorat qilinib ularni
qidirish y o ila ri tavsiya etilishi mumkin.
Paleogeografik xarita quyidagi ketma-ketlikdagi
bosqichlarda
tuziladi:
1
) tadqiq
etilayotgan
tog‘ jinslari
qatlamlari
kesmasida
o ‘rganilayotgan vaqt intervaliga mansub b o ‘lgan stratigrafik birliklar
ajratiladi.
Ushbu jarayonda nisbiy yoshni
aniqlashda yordam beradigan
barcha
paleontologik
va
nopaleontologik
usullardan,
xuddi
shuningdek, radiogeoxronologik usullardan ham foydalaniladi;
2
) bir xil yoshga mansub, biroq turli fatsiallikka ega tog‘ jinslari
komplekslari tarqalgan maydonlar aniqlanadi, ulardan fatsiyalar
ajratiladi va fatsial tahlil o ‘tkaziladi. Bunda tog‘ jinslarining tarkibi,
ularning strukturaviy va teksturaviy xususiyatlarini o ‘rganish
(litologik tahlil), tog‘ jinslarida saqlanib
qolgan tosh qotgan hayvon
qoldiqlarini har tomonlama chuqur tadqiq etish (biologik tahlil)
orqali tanlangan vaqt birligi davomida cho‘kma cho‘kishning shart-
sharoitlari haqida m a’lumot beruvchi fatsial belgilarning o ‘ziga xos
xususiyatlari aniqlanadi va geologik o ‘tmishdagi vaqt birligining
fatsial sharoitlari tiklanadi;
3) aktualizm tamoyilining zamonaviy rivojlangan ko‘rinishi
b o ig a n
qiyosiy-tarixiy
usulga
asoslangan
holda
qadimgi
quruqlikdagi (yuvilish va cho‘kma cho‘kish oblastlaridagi) va turli
dengiz havzalaridagi tabiiy-geografik vaziyat tiklanadi.
Paleogeografik xaritada turli ranglar bilan m e’yoriy sho‘rlikka
ega
ochiq dengizlar, ichki dengizlar, yuqori sho‘rlikka ega
k o ‘rfazlar, lagunalar, vaqti-vaqti bilan dengiz suvi bosib turuvchi
qirg‘oq bo‘yi pasttekisliklari hamda
materik ichkarisidagi past
tekisliklar, chuchuk suvli k o ila r va botqoqliklar, to g ii zonalar
etaklari va boshqalar ajratilib b o ‘yaladi. Paleogeografik xaritalar
geologik o ‘tmishning biror vaqt birligi
davomidagi tabiiy-geografik
49
sharoitlarning
mutloq
aksi
emas,
balki
Yer
yuzasining
o ‘rganilayotgan
hududi
rivojlanishining
biror
bir
muddatli
bosqichida mavjud bo‘lgan sharoitlarning o ‘rtacha holatinigina
belgilab beradi, zarur hollarda esa ko‘rib chiqilayotgan vaqt bosqichi
davomida paleogeografik sharoitlarning davriy o ‘zgarib turuvchi
uchastkalarini hudud xaritasida belgilashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: