Ko`pyoqlar
Chekli miqdordagi tekisliklar bilan chegaralangan jism ko`pyoq deyiladi. Ko`pyoqning chegarasi uning sirti deyiladi.
Agar ko`pyoqning o`zi uni chegaralovchi tekisliklarning har biridan bir tomonda yotsa, bunday ko`pyoq qavariq ko`pyoq deyiladi.
Ko`pyoqlardagi A, B, C, D,… - ko`pyoqning uchlari, AB, BC, AD; AA, BB … - ko`pyoqning qirralari, ∆ABC, ∆ABD, ∆ACD, □ ABCD, □ ADD1A1 - ko`pyoqning yoqlari deyiladi..
Bizga ma`lum bo`lgan ko`pyoqlar: prizma, parallelopiped, piramidalardir.
Prizma deb, ikkita parallel tekislik orasiga joylashgan barcha parallel to`g`ri chiziqlar kesmalaridan tuzilgan ko`pyoqqa aytiladi.
Prizma (lotincha: prisma va qadimgi yunoncha: πρίσμα - prisma — qirqilgan, arralangan) — ikki yogi (Prizmaning asoslari) teng va parallel koʻpburchak, boshqa yoklari (Prizmaning yoklari) parallelogramm boʻlgan koʻpyoqlik. Parallelogrammlar Prizmaning har ikki asosi bilan umumiy tomonlarga ega boʻlishi ke-rak. Prizmani yoʻnaltiruvchisi koʻpburchak boʻlgan silindr deb qarash mumkin. Yon qirralari asosiga perpendikulyar boʻlgan Prizma toʻgʻri, aks holda ogʻma Prizma deyiladi. Asosi muntazam a b v g koʻpburchakdan iborat toʻgʻri Prizma muntazam deyiladi. Asosining shakliga karab Prizma uch burchakli, toʻrt burchakli va boshqa deb yuritiladi. Prizmaning hajmi asos yuzi bilan balandligi (asoslari orasidagi masofa) koʻpaytmasiga teng
Bu kesmalar shu tekisliklardan birida yotgan yassi ko`pburchakni kesib o`tadi. Prizmaning parallel tekisliklarda yotgan yoqlari prizmaning asoslari deyiladi. Boshqa yoqlari prizmaning yon yoqlari deyiladi.Yon yoqlari parallelogrammlardan iborat bo`ladi.
A1A2 …– prizmaning uchlari
A1 A1, A2 A2 ′ - prizmaning yon qirralari;
A A2 A2 ′ A′ , A2 A3 A3′ A2′ - prizmaning yon yoqlari;
A1 A2 A3 … An va A1′ A2′ A3′ … An′ - prizmaning asoslari deyiladi.
Prizmaning asoslari orasidagi masofa uning balandligi deyiladi. Prizmaning ikki asosidagi bir yon yoqqa tegishli bo`lmagan uchlarini tutashtiruvchi kesmalar diagonali deyiladi.
Agar prizmaning yon qirralari asoslariga perpendikular bo`lsa uni to`g`ri prizma deyiladi. Aks holda og`ma prizma deyiladi.
Asoslari muntazam ko`pburchak bo`lgan to`g`ri prizma muntazam prizma deyiladi.
Prizma yon yoqlari yuzlarining yigi`indisi prizmaning yon sirti deyiladi.
Teorema. To`g`ri prizmaning yon sirti asosining perimetri bilan balandligining, ya`ni yon qirrasi uzunligining ko`paytmasiga teng.
S= a1h + a2h+ …+anh = ph
Parallelopiped
Prizmaning asosi parallelogram bo`lsa, bunday prizma parallelopiped deyiladi.
Parallelopipedning umumiy uchga ega bo`lmagan yoqlari qarama- qarshi yoqlar deyiladi.
ABB1A va DCC1D- qarama-qarshi yoqlari.
BCC1B1 va ADD1A1 – qarama- qarshi yoqlari.
Piramida
Piramida deb, berilgan nuqtani yassi ko`pburchakning nuqtalari bilan tutashtiradigan barcha kesmalardan tashkil topgan ko`pyoqqa aytiladi .
Parallelepiped (yun. parallelos — parallel va epipedon — tekislik) — qarama-qarshi yoqlari oʻzaro parallel va teng parallelogrammlardan iborat oltiyoqlik. Parallelepipedning 8 uchi, 12 qirrasi boʻladi. Yon qirralari asos tekisligiga tik boʻlgan Parallelepiped toʻgʻri, aks holda ogʻma Parallelepiped deyiladi. Toʻgʻri Parallelepipedning yon yoklari toʻgʻri toʻrtburchaklardan iborat. Asosi toʻgʻri toʻrtburchakdan iborat Parallelepiped toʻgʻri burchakli Parallelepiped, yoklari kvadratlardan iborat Parallelepiped kub deyiladi. [1]
S – piramidaning uchi.
∆ABC – piramidaning asosi.
∆SAB, SBC, SAC – piramidaning yon yoqlari.
SA, SB, SC- piramidaning yon qirralari.
SO – piramidaning balandligi deyiladi.
Uchburchakli piramida qatoriga tetraedrni kiritish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |