Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana12.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#780768
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
Staratigrafiya asoslari. Kushakova A. Abduvaxobov a. (1)

Tosh tuzi (galit) 
va 
kaliy tuzi (silvin) 
alohida kristallar shaklida 
ham va turlicha qalinliklardagi qatlamlar k o ‘rinishida ham 
kuzatiladi. Tuzlar yopiq dengizlarda, lagunalarda, arid iqlimning suv 
jadal bug‘lanuvchi sharoitlarida hosil bo‘ladi.
Shamozit 
mayda 
zarrali 
massalar 
va 
mikrokonkretsiya 
(loviyasimon va yumaloq donalar) shaklida temir va organik 
moddalar bilan to ‘yingan alevrit-gilli dengiz yotqiziqlari tarkibida 
kuzatiladi. Hosil bo‘lishi tropik (?) zonalardagi dengizlarning 10-70 
m chuqurligida kechadi.
Glaukonit 
m ayda zarrali massalar va mikrokonkretsiyalar 
ko‘rinishida ochiq dengizlarning 300-500 m chuqurliklarida
epikontinental dengizlarning esa 100-200m chuqurliklarida hosil 
bo‘ladi. Glaukonitning shakllanishi dengiz tubi cho‘kmasi yuza 
qismining organik m oddalar bilan to ‘yinishi sharoitida kechadi. 
Glaukonit 
mineralining 
yaxshi 
rivojlanishi 
uchun 
keskin 
o ‘zgarishlarsiz iliq iqlim, dengiz tubining pasttekislikdan iborat 
b o ‘lishi, transgressiya va nurash jarayonining jadal kechishi 
lozimdir. Sayoz suvli zonada glaukonit o ‘rniga shamozit hosil 
bo‘ladi.
22


Ratovkit 
flyuoritning tuproqsimon turi. Odatda dolomit, gips va 
angidratlar 
bilan 
birga 
uchraydi. 
Ratovkitning 
mavjudligi 
sedimentatsiya jarayoni kechayotgan havzada suvning sho‘rligi 
darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Tog‘ jinslarining rangi
0 ‘rganilayotgan tog ‘ jinslarining rangi mazkur to g‘ jinslarining 
asosiy massasini tashkil etgan minerallar rangi bilan belgilanadi. 
B a’zan 
ayrim 
m inerallaming 
rangi 
yorqin 
bo‘lsa, 
bunday 
minerallarning oz miqdorlarda mavjud bo ‘lishi ham tog‘ jinsining 
umumiy tusiga ta ’sir etishi mumkin. K o‘p hollarda tog‘ jinsining 
rangi uning qanday sharoitlarda hosil bo‘lishini k o ‘rsatishi mumkin.
Oq 
rang (b a’zan och kulrang) kremnezem, karbonatlar (kalsit, 
dolomit), sulfatlar (gips) va xioritlar (galit) guruhlari kabi cho'kindi 
hosilalar tarkibiga kiruvchi tog‘ jinslari minerallarining tabiiy rangi 
hisoblanadi. Qo‘shimcha rang beruvchi mineral qo‘shilmalar 
bo‘lmasa, tog‘ jinslarining oq rangi birlamchi rang sifatida uzoq 
m uddat saqlanib turadi.
Qora 
rang (ba’zan kulrang va to ‘q kulrang) ko‘proq terrigen va 
karbonatli tog‘ jinslari uchun xos. Ushbu rangning namoyon boMishi 
to g‘ jinslari tarkibida uglerodli modda tarqalishi hamda unga hamroh 
tarzda tem ir va mis sulfidlarining mavjudligi bilan belgilanadi. 
Ushbu rangdagi to g ‘ jinslari gumid iqlimli oblastlardagi yotqiziqlar 
uchun xosdir.
Yashil 
rang va uning turli ko ‘rinishdagi tuslari tog ‘ jinslari 
tarkibida mavjud bo‘lgan glaukonit, tem ir va ba’zan, mis zakislari 
birikmalari bilan bog‘liqdir. Yashil rangli yoki tusli tog ‘ jinslari 
ikkilamchi o'zgarishlarga uchramagan bo‘Isa yoki uning tarkibida 
yashil rangli minerallar (xlorit, epidot, rogovaya obm anka kabi 
yashil rangli minerallarning varaqlari, donalari va bo‘laklari) mavjud 
bo ‘lsa, 
bunday jinslardan 
iborat yotqiziqlar 
gumid 
iqlimli 
hududlarga xos hisoblanadi.
Qizil 
rang va uning turli tovlanishlari terrigen va karbonatli tog‘ 
jinslarda tem ir oksidlarining (ko‘proq suvsiz hillarining) siyrak 
tarqalganligi bilan belgilanadi. Temir oksidalarining bunday 
birikmalari ham gumid va ham arid iqlimli hududlarda temirning 
yuqori m iqdorlariga ega tub to g ‘ jinslarining nurashi jarayonida
23


hosil b o iad i. Ular aksariyat hollarda issiq v a nam sharoitlarda hosil 
bo iu v ch i elyuviy-lateritlarda to ‘planadi. Agar tem ir oksidlari 
bo ‘laklar shaklida, kolloidlar va eritmalar holatida tashilsa unda 
cho‘kindining qizil rangi turli (arid, gumid) iqlimiy zonalardagi 
kontinental havzalarda yoki dengiz sharoitlarida mazkur temir 
birikmalarining cho‘kmaga o ‘tishi bilan hosil bo‘ladi. Shuni 
ta ’kidlash lozimki, tog‘ jinslarining qizil rangi agar cho‘kma 
oksidlovchi muhitda shakllangandagina saqlanib qoladi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish