Ratovkit
flyuoritning tuproqsimon turi. Odatda dolomit, gips va
angidratlar
bilan
birga
uchraydi.
Ratovkitning
mavjudligi
sedimentatsiya jarayoni kechayotgan havzada suvning sho‘rligi
darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Tog‘ jinslarining rangi
0 ‘rganilayotgan tog ‘ jinslarining rangi mazkur to g‘ jinslarining
asosiy massasini tashkil etgan minerallar rangi bilan belgilanadi.
B a’zan
ayrim
m inerallaming
rangi
yorqin
bo‘lsa,
bunday
minerallarning oz miqdorlarda mavjud bo ‘lishi ham tog‘
jinsining
umumiy tusiga ta ’sir etishi mumkin. K o‘p hollarda tog‘ jinsining
rangi uning qanday sharoitlarda hosil bo‘lishini k o ‘rsatishi mumkin.
Oq
rang (b a’zan och kulrang) kremnezem, karbonatlar (kalsit,
dolomit), sulfatlar (gips) va xioritlar (galit) guruhlari kabi cho'kindi
hosilalar tarkibiga kiruvchi tog‘ jinslari minerallarining tabiiy rangi
hisoblanadi. Qo‘shimcha rang beruvchi mineral qo‘shilmalar
bo‘lmasa, tog‘ jinslarining oq rangi birlamchi rang sifatida uzoq
m uddat saqlanib turadi.
Qora
rang (ba’zan kulrang va to ‘q kulrang) ko‘proq terrigen va
karbonatli tog‘ jinslari uchun xos. Ushbu rangning namoyon
boMishi
to g‘ jinslari tarkibida uglerodli modda tarqalishi hamda unga hamroh
tarzda tem ir va mis sulfidlarining mavjudligi bilan belgilanadi.
Ushbu rangdagi to g ‘ jinslari gumid iqlimli oblastlardagi
yotqiziqlar
uchun xosdir.
Yashil
rang va uning turli ko ‘rinishdagi tuslari tog ‘
jinslari
tarkibida mavjud bo‘lgan glaukonit, tem ir va ba’zan, mis zakislari
birikmalari bilan bog‘liqdir. Yashil rangli yoki tusli tog ‘ jinslari
ikkilamchi o'zgarishlarga uchramagan bo‘Isa yoki uning tarkibida
yashil rangli minerallar (xlorit, epidot, rogovaya obm anka kabi
yashil rangli minerallarning varaqlari, donalari va bo‘laklari) mavjud
bo ‘lsa,
bunday jinslardan
iborat yotqiziqlar
gumid
iqlimli
hududlarga xos hisoblanadi.
Qizil
rang va uning turli tovlanishlari terrigen va karbonatli tog‘
jinslarda tem ir oksidlarining (ko‘proq suvsiz hillarining) siyrak
tarqalganligi bilan belgilanadi. Temir oksidalarining bunday
birikmalari ham gumid va ham arid iqlimli hududlarda temirning
yuqori m iqdorlariga ega tub to g ‘ jinslarining nurashi jarayonida
23
hosil b o iad i. Ular aksariyat hollarda issiq v a nam
sharoitlarda hosil
bo iu v ch i elyuviy-lateritlarda to ‘planadi. Agar tem ir oksidlari
bo ‘laklar shaklida, kolloidlar va eritmalar holatida tashilsa unda
cho‘kindining qizil rangi turli (arid, gumid) iqlimiy zonalardagi
kontinental havzalarda yoki dengiz
sharoitlarida mazkur temir
birikmalarining cho‘kmaga o ‘tishi bilan hosil bo‘ladi. Shuni
ta ’kidlash lozimki, tog‘ jinslarining qizil rangi agar cho‘kma
oksidlovchi muhitda shakllangandagina saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: