Alohida ssuda hisobvarag‘i orqali kreditlash. Tijorat banklari xo‘jalik subyektlarini „kredit liniyasi ochib“ yoki „kredit liniyasi ochmasdan“ kreditlashi mumkin va bu kreditlar tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning pul hisobkitob hujjatlarini to‘lash, muddati 30 kundan oshmagan davrga, qarzdorning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan akkreditivlar ochish uchun, beriladi.
Kredit bank tomonidan kelishilgan muddatlarda quyidagi tartibda so‘ndirilishi mumkin:
so‘ndirilish muddati kelgan majburiyatlar bo‘yicha mablag‘-larni mijozning hisobvarag‘idan undirib olish orqali;
muddatidan oldin qarzdorning topshirig‘iga ko‘ra hisob raqamidagi bo‘sh qoldiq mablag‘larni so‘rab olish orqali; – garov mulkini o‘zlashtirish orqali.
Xo‘jalik subyektini „kredit liniyasi ochib“ kreditlash alohida hisobvaraq orqali, oldindan kelishib olingan kredit summasi doirasida amalga oshiriladi. Kredit liniyasining hisobidan qarzdorning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha pul hisob-kitob hujjatlarining to‘lovi amalga oshiriladi.
Bundan keyin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga, savdo, ta’minot va boshqa xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlariga, kreditlashning barcha tartib-qoidalari asosida beriladi.
Kontokorrent schoti ochilganda mijozning boshqa schotlari yopiladi.
Kontokorrent hisobvaraqlar:
debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka shartnomada kelishil-gan stavka bo‘yicha foizlar to‘laydi;
kredit qoldig‘i bo‘yicha bank mijozga shartnomaga muvofi q foiz to‘laydi.
Kontokorrent hisobvarag‘ining amal qilish muddati 12 oydan oshmasligi lozim. Muddat tugashi bilan mijoz kredit saldosini ta’minlashi kerak. Aks holda, muddat tugagach, uni to‘la so‘ndirgunga qadar kredit berish to‘xtatiladi.
Overdraft – kontokorrent kreditning maxsus shakli hisoblanadi. Uning alohida xususiyati shundaki, bank mijozga uning hisobr aqamida qisqa davr ichida debet saldoga ega bo‘lishga ruxsat beradi.
Odatga ko‘ra overdraftdan foydalanish juda ishonchli mijozlarga taqdim etiladi. Overdraftda qarzdorlikni so‘ndirish uchun overdraft hisobvarag‘iga kelib tushayotgan barcha summalar yo‘naltiriladi, natijada kreditning hajmi kelib tushayotgan mablag‘lar hajmiga qarab o‘zgarishi mumkin. Overdraftda qarzdor har oyning oxiriga overdraft qoldig‘i bo‘yicha kredit saldosini ta’minlanishi ker ak. Agar mijozning shu bankda depozit schoti bo‘lsa, undagi mablag‘lar doirasida doimiy debet saldoga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi. Aksincha bo‘lsa, mablag‘lar berish u to‘la so‘ndirilgunga qadar to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |