1.1 . Kridit. siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati
Kridit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda Kridit siyosati olib boriladi. Kridit. siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan Kriditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kriditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning Kridit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan Kriditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kriditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kriditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kridit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan toʻlov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar oʻrniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. Toʻrtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit oʻz muassasalari orqali iqtisodiy subʼektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning oʻziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Kredit turlari
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |