2-variant
Moliyaviy tizimning tarkibi va tuzilishi.
Korxonalar moliyaviy oqimlarining mohiyati va tasniflanishi.
Hozirgi sharoitda moliyaviy tizim funksiyalari.
1.Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.
2.Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi Moliyaviy resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli Moliyaviy oqim bilan korxonaning tuShumini shakllantiruvchi Moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish myetodlari ham turlichadir. О‘zining sifat mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
byudjetli-soliqli Moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga kyeladi;
tijorat (tijoriy) Moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xо‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;
nobyudjet Moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qо‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
boshqaruvchanlik – korxona va korporasiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
nadzorchilik – korxonalarning Moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi tо‘g’risidagi ishlarni kо‘radigan va bu holda Moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bо‘yicha Yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qо‘shilib kyetib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bо‘lmaydi.
Agar Moliyaviy oqimlar Moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, kо‘zda tutilgan tartibda (ryejimda) va Rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sosial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bо‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag’lari bilan tо‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, Moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’larining yetarli bо‘lmagan hajmda va о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib kyeladi.
3.Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |