Kredit tarkibi va kridit munosabatlari


Bankning kredit operatsiyalari va ularning xususiyatlari



Download 322,65 Kb.
bet6/14
Sana30.04.2022
Hajmi322,65 Kb.
#598392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KREDIT TARKIBI VA KRIDIT MUNOSABATLARI

2.1 Bankning kredit operatsiyalari va ularning xususiyatlari
Kredit operatsiyalari (lotincha „creditum“ – ssuda degan ma’noni anglatadi) deganda shartlar asosida, ya’ni qaytarishlilik, muddatlilik va to‘lovlilik shartlari asosida ma’lum bir miqdordagi pulni (yoki tovarni) qarzga berish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, qarzdor qarzni belgilangan muddat ichida qaytarib be rishi va undan tashqari ma’lum summani to‘lashi lozim. Bu summa qarzga olingan mablag‘lar uchun to‘lov bahosi bo‘lib, u kredit uchun foiz deb ataladi. Odatda, zamonaviy bank kreditni pul shaklida qarzga beradi.
Bank o‘z tabiati jihatidan moliya-kredit tashkiloti bo‘lib, uning uchun kredit operatsiyalari, bank xizmatlarining bir ko‘rinishi his oblanib, u boshqa bank operatsiyalari (valuta, qimmatli qog‘ozlar, qimmatliklarni saqlash bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) ichida asosiy o‘rin egallaydi.
Bank o‘z kredit operatsiyalari uchun faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini ishlatmay, balki bunday pul mablag‘l arining manbalarini shakllantirishdan hosil bo‘lgan pul mablag‘larini ham ishlatadi. Bunda boshqa tijorat banklaridan (yoki Markaziy bankdan) olingan kredit bilan bir qatorda, bank, shuningdek, pul mablag‘larini o‘z omonatchilaridan va tashkilotlardan turli hisobvaraqlarga jalb etadi. Bu yerda mablag‘lar saqlanadi va turli xil hisob-kitoblarda (hisob-kitob, joriy, jamg‘arma, talab qilinguncha, muddatli depozit, valuta va boshqa mijozlarning hisobvaraqlari) qo‘llaniladi. Bunday, pul mablag‘larni jalb etish ham kredit xarakteriga ega, chunki u ham qaytarishlilik, muddatlilik va to‘lovlilik shartlariga asoslanadi, bank esa bu yerda qarzdor sifatida namoyon bo‘ladi.
6-sxema

Bankning aktiv va passiv operatsiyalari



Bank kreditlari muddatiga qarab turlicha bo‘ladi (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli); qarzdorning tashkiliy-huquqiy tuzilishiga qarab (davlat, xususiy va aksiyadorlik jamiyati, kooperativlar, uyushmalar, boshqa banklar, qo‘shma korxonalar, fermerlar, jismoniy shaxslar va hokazolar); tarmoqqa qarab, (sanoat qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit); maqsadiga qarab (mavsumiy xarajatlar uchun, to‘lov hujjatlarini to‘lash uchun, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun va boshqa asosiy aktivlar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish), shuningdek, boshqa mezonlarga qarab yirik, o‘rta va kichik kreditlarga farqlanadi.


Bank kredit berish uchun jalb qilingan barcha mablag‘larni va o‘z mablag‘larini ishlatishi mumkin. Tijorat banklari bu mablag‘larning bir qismini majburiy rezervlar sifatida Markaziy bankka o‘tkazishi kerak va, shuningdek, ularning bir qismini yuqori likvid mablag‘lar shaklida (kassadagi naqd pullar mijoz larga joriy xizmatlarni to‘lash uchun yetarli bo‘lishi lozim yoki boshqa operatsiyalar – qimmatli qog‘ozlar, mol-mulkka ega bo‘lish va boshqalar uchun ishlatishga) saqlanishi lozim.
Mablag‘lar qoldig‘i bankning kredit potentsialini ifodalab, kredit berish uchun ishlatiladi. Bank foyda ko‘rib ishlashi uchun o‘z kredit potensialidan samarali foydalanishi lozim, bu esa zamonaviy sharoitlarda juda qiyin masala hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida rejali iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, kredit munosabatlarining markazlashtirilgan qat’i me’yorlari bo‘lmaydi. Bu esa, bank va qarzdorning o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida tuzilishini anglatib, ikkala tomon ham teng huquqli va o‘z maqsadlariga asoslangan holda ularni mujassamlashtirib faoliyat ko‘rsatadilar. Qarzdor kredit olish uchun o‘ziga munosib bankni tanlashi va bir yo‘la turli banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin. Bank ham o‘z navbatida mijozlarni tanlash huquqiga ega va unga kredit be rishda o‘zlariga muhim va foydali deb topgan shartlarni qo‘yishi mumkin.

Download 322,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish