KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
95. Kreativ fikrlash niyat bilan boshlanadi va joʻyali mahsulot yoki
gʻoya bilan tugaydi. Kreativlik borasidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar
orasidagi tafovutlarga qaramay, umuman olganda ilmiy adabiyot ijodiy
mahsulot ham yangicha, ham foydali ekanligi masalasida yakdildir.
96. Lekin kreativ gʻoyalarni baholashdagi ushbu «foydali va yangicha»
mezon izohtalabdir. Birinchidan, adabiyotda «yangicha» deganda butkul
yangi narsani anglatadimi yoki faqatgina aʼlosinimi, ijodiy mahsulot
faqatgina ijodkor uchun yangi boʻlishi kerakmi yoki butun jamiyat uchunmi
degan noaniqliklar mavjud (Batey va Furnham, 2006 [115]). 15 yoshlilarning
gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiy
qabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholash
nooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga
olinadigan yangilikni baholashning «originallik»
mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydali
konsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan
«statistik nomuntazamlik» deb taʼriflangan
ushbu mezon oʻz ichiga yangilik, noodatiylik,
muddatlilik sifatlarini qamrab oladi va joriy
populatsiya ichida kuzatilgan muntazamliklardan ogʻishga aytiladi.
97. Ikkinchidan, kreativ gʻoyalarning «foydali va yangicha» taʼrifi bar cha
domenlarga birdek tegishliligi masalasi ham mavjud. Yangilik talabi baʼzi
ilmiy faoliyatlarga kamroq tegishli boʻlishi mumkin. Xuddi foydalilik ta labi
sanʼatdagi ijodiy faollikning asosiy talabi boʻlmaganidek, ilmiy faoliyat-
larda ham samara va tatbiq etish imkoniyati hamda bilimni rivojlantirish
borasidagi muvaffaqiyat yangilikdan qadrliroq boʻlishi mumkin (Batey
va Furnham, 2006 [117]). Bu tafovutlar test vazifalarini tuzayotganda
inobatga olinishi zarur: masalan, original boʻlmagan javoblar eng maʼqul
variant boʻlib turganda, yangicha (original) ilmiy yechim qidirishning
ahamiyatini oʻquvchilarga ochiq-oydin tushuntirib berish muhim.
98. PISA testining kreativ gʻoyani ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning
turli sohalar bo‘yicha munosib hamda original gʻoyalarni topish (masalan,
original hikoya gʻoyasi, gʻoyani oʻziga xos usulda vizual ifodalash, ilmiy
yoki ijtimoiy muammoning oʻziga xos yechimi) qobiliyatiga e’tibor qaratadi.
Demak, PISA sinovida
originallik tamal nuq-
taga – ayni vazifani
bajargan boshqa o‘quv-
chilarning javoblariga
nisbatandir.
37
Boshqacha aytganda, o‘quvchilar oldiga boshqa insonlar, hattoki oʻylab
koʻrmagan munosib yechimni taqdim etish vazifasi qoʻyiladi. Munosiblik
mezoni javob vazifaning asosiy talablariga mos boʻlishi vazifa cheklovlariga
(mavjud boʻlsa) rioya etishi hamda minimal tarzda foydalilikning aks etishi
kerak degani. Ushbu jihatga oid vazifalarda, talabalarga ochiq ssenariy
beriladi va ular birmuncha batafsil shaklda yangicha gʻoyani taqdim etishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |