Kompetensiyaviy modelning kreativ gʻoyalarni ishlab chiqish
jihatiga oid topshiriqlarni baholash uslubi.
113. Kreativ gʻoyalarni ishlab chiqish jihatiga kiradigan har bir
topshiriq kodlash uchun bitta javob taqdim etadi. Bu javoblarning shakli
farqli boʻlishi mumkin: masalan, hikoya gʻoyasi, kiyim dizayni, ijtimoiy
yoki ilmiy muammoni hal qilish.
114. Ushbu topshiriq javoblarini kodlash uch bosqichda amalga
oshiriladi. Kodlash jarayonidagi birinchi bosqich «turli gʻoyalarni ishlab
chiqish» jihatidagi birinchi bosqichdek oʻtadi. Binobarin, kodlovchi javob
munosib ekanligini aniqlash kerak, bu yerda munosiblik vazifaning ham
mazmun, ham mohiyatiga tegishli.
115. So‘ngra kodlovchi javob oʻziga xos, original
ekanligini aniqlash kerak. Javobning originalligi ikki
bosqichda aniqlanadi: javoblar vazifa shartlariga
noodatiy yondashuvni namoyish qilsa (masalan,
ijtimoiy muammoga noodatiy yechim taklif qi-
linadi), u originaldir. Kodlash yoʻriqnomasida har
bir vazifaga xos boʻlgan odatiy mavzular roʻyxati
keltiriladi; agar munosib javob mana shu odatiy
mavzular roʻyxatida boʻlmasa, unda javob original sifatida kodlashtiriladi.
Agar javobning mavzusi odatiy mavzularning biriga mos kelib, noodatiy
yondashuvni oʻz ichiga olgan boʻlsa (masalan, ilmiy muammoga noodatiy
elementlar bilan boyitilgan odatiy yechim taklif qilinganda), bu javob keyingi
bosqichda original deb kodlashtirilishi mumkin boʻladi. Yoʻriqnomada
har bir vazifa uchun kontekstda berilgan izoh va original yondashuvga
namunalar taqdim etiladi.
116. Originallikni belgilashning ushbu qoʻshaloq mezoni ham gʻoya
berishda (yaʼni, mavzuda), ham uni tatbiq etishda (yaʼni, yondashuvda)
originallik hisobga olinishini taʼminlaydi. Yoʻriqnomada kiritilgan odatiy
Umuman olgan-
da, original javob
bar cha berilgan ja-
vob lar fondiga qara-
ganda nisbatan noyob
javobdir.
45
mavzular roʻyxati va original yondashuv namunalari validlash tadqi-
qotlarida ishtirok etgan o‘quvchilarning real javoblariga asoslangan. Ular
turli ishtirokchi mamlakatlardagi o‘quvchilarning odatiy javobi aks etishini
taʼminlash maqsadida, ushbu roʻyxat tajriba-sinov tadqiqotlari mobaynida
olingan javob namunalari tahlil etilgandan soʻng yangilanadi.
117. Originallikni baholashga bunday yondashish besh yoki oʻn ballik
shkalaga qaraganda detallashtirishga kamroq imkon bersa ham (va natijada
eng original javobni yaqqol koʻrsatmasa ham), uning afzalligi madaniyatga
bogʻliq baholash shkalasi taʼsiriga tushmaslikdadir. To ʻliq baho (to‘liq
kredit) javob ham munosib, ham original boʻlganda beriladi. Yarim baho
(qisman kredit) javob munosib, lekin original boʻlmaganda beriladi. Qolgan
hollarda kredit berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |