“KOXONALAR FAOLIYATIDA BANKROTLIK AMALIYOTI VA UNING TASHKILIY XUSUSIYATLARI”
Reja:
1. Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari
2. Korxonalar bankrotligiga sabab bo`luvchi omillar
3. Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va restrukturizatsiya qilish yo’nalishlari
Tayanch so`z va iboralar: bankrotlik, kelishuv bitimi, kreditorlar, kreditorlar
yig’ilishi (kreditorlar qo’mitasi) vakili, kuzatuv, majburiy to’lovlar, moratoriy, pul
majburiyati, sud boshqaruvchisi, sudgacha sanatsiya qilish, sud sanatsiyasi, tashqi
boshqaruv, Altman modeli, moliyaviy sog’lomlashtirish
1.Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini takomillashib borishi munosabati bilan
Respublikada faoliyat olib borayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarini barqaror va
samarali faoliyat ko’rsatishi uchun etarli shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat
qurish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. Jamiyatni boshqarishning yangi tizimi ishlab chiqilib, yo’lga qo’yildi.
Iqtisodiyotni boshqarish va tartiblashtirishda davlatning rolini pasaytirish hamda
ushbu jarayonning asosan turli iqtisodiy vositalar orqali amalga oshirilishi bozor
iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir. Islohotlarni huquqiy jihatdan
mustahkamlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek turli tegishli me’yoriy
hujjatlar qabul qilindi.
Bozor infratuzilmasi mexanizmlarining faoliyati yo’lga qo’yilgach, u o’z
samarasini bera boshladi. Chet el investitsiyalari kirib keldi, qo’shma korxonalar
barpo etildi, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari ishga tushirildi va hokazo. Shu
bilan birga iqtisodiyotga bozor qonunlari o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. Aksariyat
korxonalar bozor qonunlarini mukammal o’rganmasligi, bozor talablari doirasida
faoliyat ko’rsatmasligi natijasida iqtisodiy inqirozga yuz tuta boshladi. Ushbu holatda
jamiyatda yana bir institutni yaratish zarurati tug’ildi. Shunday yangi yo’nalishlardan
biri xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy nochorligi, bankrotlik bilan bog’liq
bo’lgan jarayon hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bankrot deb e’lon qilinishiga ya’ni
korxonalari faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda
ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi. Ob’ektiv omillar sirasiga,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shartsharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida
vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar
ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi.
Kichik tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi o’ziga xos
xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining tugatilishida ob’ektiv
omillar sifatida namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bankrotlik darajasi juda yuqori va
yuqori bo’lgan korxonalar O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul
qilingan «Bankrotlik to’g’risida»gi (2003 yil 23 aprelda o’zgartirihsh kiritilgan)
Qonuniga muvofiq iqtisodiy nochor deb topildai va tugatiladi.
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi «Bankrotlik to’g’risida»
gi Yangi tahrirdagi Qonunda bankrotlik va asosiy foydalaniladigan atamalarga
quyidagicha tarif berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |