O’rta podsholik davri san’ati (mil. avv. XXI–XIX asrlar). Yirik me’morlik
obidalari xarajati uchun to’plangan soliqlar nomlarning norozoligini vujudga keltirdi.
Mil. avv. XXIV asrlarda Fiva boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olonda janubiy nomlar
g’alaba qozondi. Amenemxet I davrida Fayum markaz sifatida rivojlandi. Iqtisodiy
o’sish san’at va madaniyatga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Me’morchilikda
yirik ehromlar o’rnini devor bilan o’ralgan o’ziga xos maqbaralar egallay boshladi.
Dair al-Baxridagi Mentuxotep II maqbaralari bunga misol bo’ladi.