Kostyum tarixi


Misr kostyumlarining asosiy turlari va shakli



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Misr kostyumlarining asosiy turlari va shakli. 
Qadimiy Misr liboslarining 
shaklida taxlama (drapirovka) asosiy o’rin tutadi. Burmalar kiyimning asosan old 
tomonida bo’lib, libosning orqa qismi yengil burmalanib, tanaga yopishib turgan. 
Kiyimning orqa qismi uzaytirilmagan. 
Qadimiy imperiya davrida erkaklar asosan «sxenti», ya’ni peshband kiyganlar. 
Sxentilar shaklan to’rtburchak yoki trapetsiyasimon bo’lib, turli xil o’lchamlarda 
bo’lgan. Sxenti belga ingichka charm belbog’ bilan bog’lab, mahkamlab qo’yilgan. 


16
Sxentining ustidan yoki tananing ustidan to’rtburchak shaklidagi peshband kiyilgan 
(4-rasm)
.
4-rasm. Qadimiy Misr imperiya sxenti kostyumi
Ayollar libosi tananing ko’krak qismidan to boldirgacha qismini bekitib 
turadigan chodirsimon matodan iborat bo’lib, u bir yoki ikki tasma bilan yelkadan 
o’tkazilib kiyilgan. Kalaziris deb ataluvchi ushbu sarafanni eslatuvchi kiyim ijtimoiy 
kelib chiqishidan qat’i nazar, u xoh malika bo’lsin, xoh kanizak, barcha ayollar uchun 
bir xil shaklda bo’lgan. Ayollar kiyimi faqat matoning sifati va qimmati bilan 
farqlangan.O’rta podshohlik davriga kelib Misr ayollarining libosida o’zgarish 
sodir bo’la boshladi. U biroz murak kablashib, hajmi bir necha qavat kiyilgan 
kiyimlar hisobiga kattalashdi. Kiyimning silueti pastga tomon kengayib, piramidalar 
shaklini ola boshladi. Plisselar, ya’ni mayda taxlamalar keng qo’llanila boshladi. 
Ayollar liboslarida bezaklar turi ko’paygan. Kiyimlar insonlarning ijtimoiy kelib 
chiqishini bildirib turgan, ya’ni tabaqalarga ko’ra farq qilgan. Agar boylar zig’ir tolali 
matolardan tikilgan kiyiml arni kiyishgan bo’lsa, qullarning kiyimi dag’al teridan 
qilingan. Eng yuqori tabaqa kishilar, xususan, fir’avn, vazirlar, kohinlar, yirik yer-suv 
egalarining kiyimlarigina bezaklangan. O’rta podshohlik davriga kelibgina misrliklar 
kiyimlarining shakli birmuncha o’zgargan. Natijada u bir paytning o’zida ustma-ust 
kiyiladigan bir necha kiyimlar ko’rinishiga kelgan. Kiyim silueti etakka tomon 
kengayib, piramidasimon ko’rinishga keldi
(5-rasm)
.


17
5-rasm. Misr o’rta podshoxlik ayollar kostyumi
Plessirovkalar keng qo’llaniladigan bo’ldi. Erkaklar kiyimi bir necha yupqa 
sxentilardan iborat bo’lib, ustma-ust kiyilgan. Yoqa o’rnida yelkani yopib turuvchi 
turli shisha munchoq va qimmatbaho toshlar bilan bezaklangan bezak urfga aylangan. 
Yangi podshohlik davrida (mil. avv. 1580–1090 y.y.) kiyimlarda sinfiy tafovut 
yanada ko’proq sezila boshladi. Aslzodalarning kiyimlariga ishlatiladigan matolar 
o’zining harirligi, bezakdorligi, bezakda tilladan foydalanilishi bilan farqlanadi. 
Kiyimlarning tikilishiga serburmalilik xos bo’lib, ularda plisselardan ko’p 
foydalanilgan. Plisselar kiyimning butun bo’yi barobar qo’llanila boshlagan.
Bu davrda erkak va ayollar kiyimi bir-biriga birmuncha o’xshash. Erkaklar 
kiyimi plissirovka qilingan yubka va yopinchiqdan iborat. Turli bezak va 
qimmatbaho toshlar va marjonlar bilan bezaklangan katta doira shakldagi yoqalarni 
nafaqat fir’avn va uning oila a’zolari, shuningdek, zodagon xonadonlar vakillari ham 
kiya boshlaganlar. Marosim kiyimlarida sxenti, uch burchakli peshband saqlangan. 
Quyi qatlam kiyimi oddiyligicha qolgan.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish