Yangi podsholik davri san’ati (mil. avv. XVI–XV asrlar). Mil. avv. XVIII
asrlarda ko’chmanchi giksoslar bilan bo’lgan janglar Misrni iqtisodiy-siyosiy inqiroz
yoqasiga olib keldi. Miloddan avvalgi XVI asrda Fiva boshchiligidagi misrliklarning
giksoslar ustidan g’alabasi yangi podsholik davrini boshlab berdi va san’atda yangi
xususiyatlar vujudga keldi. Misr san’ati Suriya, Krit, Mesopotamiya hududlariga
qadar kirib keldi. Me’morlik san’ati taraqqiy etdi. Yаngi podsholik davriga oid eng
yirik maqbara mabud Amonga atalgan maqbara sanalib, uning devorlariga suratlar
15
relyeflar podsholik tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Yangi podsholik
san’ati Karnak va Luksor xududlarida saqlanib qolgan.