.
“Kostyum”
— chuqur va keng ma’noga ega. Insonning muayyan ruhiy holatini
va tarixiy bosqichini aks ettiradigan, o’zaro uzviy bog’langan, bevosita tanaga
kiyiladigan va unga mos ravishda tanlangan kiyim qismlarining tizimi
kostyum
deyiladi.
Kostyum
(ital. sostume – odat, urf-odat) – bu yaxlit g’oya va mo’ljal bilan
biriktirilgan, ijtimoiy, millat, mintaqa, jins, yosh va mutahasisligini ifoda etadigan
elementlarining muayyan tizimi. Kostyum maishiy an’analar bilan chambarchas
bog’liq, ma’lum mintaqaning urf-odatlarini, aniq tarixiy davrni, xalqni yoki etnosni
ijtimoiy holatini, ma’lum shaxsning siymosini, uning noyobligini ifoda etadi.
Kostyum buyumlar to’plami bo’lib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- instrumental: odamning faoliyati, kiyimning manzilli loyihasi bilan bog’liq
(utilitar-amaliy funksiya);
- adaptiv: buyum-fazo muhitida komfortni ta’minlash, odamning tashqi muhitga
adaptatsiya qilinishiga osoyishtalash (bu funktsiya ekologik muammolar nuqtai
nazaridan juda muhim);
- natijali: buyumlar birlashtirilgan va ularda madaniyat sifati umuman ko’rinadi
- ma’no, an’ana, material va shaklda aks etgan qiymati.
Kostyum quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- yoshi to’g’risida ma’lumot beradi, ammo kostyum yoshini ko’rsatish yoki
yashirishi mumkin;
- oilaviy holatini ko’rsatadi. Masalan, barcha milliy kostyumlarida yoshidan
tashqari uning oilaviy holi belgilangandi: unashtirilgan qiz, uzatilgan qiz, beva va
h.k..
An’anaviy jamoada shaxsga moyil bo’lmagan kiyimni kiyish man etilardi.
Zamonaviy kostyumda bu funktsiya deyarli yo’qoldi desa bo’ladi: hozir kostyum
bo’yicha ba’zan oilaviy holi va jinsini bilib bo’lmaydigan bo’ldi (uniseks uslubi);
- odamning ma’lum tabaqaga, ijtimoiy sinf yoki guruhga mansubligini
belgilaydi, ijtimoiy vaziyatini ko’rsatadi yoki yashiradi;
10
- odamning mutaxassiligini ko’rsatadi. O’rta asrlarda Yevropada barcha kasblar
maxsus kiyim kiyishgan. Zamonaviy kostyumda bu funksiya harbiy, ishlab
chiqarishga oid kostyumda uchraydi. Ammo, hozir ham kostyum yordamida
ishbilarmonni boshqalardan ajratish mumkin;
- mintaqa iqlimi va unda yashayotgan xalqlarning turmush tarzini va milliy
an’analarini ko’rsatadi. Ammo, hozir keng tarqalgan baynalminal uslubi barcha
milliy xususiyatlarni yo’qota boshladi;
- shaxsning ma’lum dinga mansubligi ko’rsatadi. Masalan, dastlab Hindistonda
faqat musulmonlar bichilgan va tikilgan kiyimni va charmdan tikilgan poyabzalni
kiyishgan, hindlar esa – bichilmay o’ralgan kiyim kiyishgan; XVI asrda Fransiyada
kostyum yordamida katolikni protestantdan ajratish mumkin edi. Ammo bu funksiya
kostyumda avvalgidek deyarli ahamiyatga ega emas.
Kostyum tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’liq. Odamzod,
qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor bergan, va shu sababli
kiyimni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi va estetik
funksiyalarni bajaruvchi buyum hamda buyumlar majmui. Kiyim odam tashqi
qiyofasini o’zgartirishda katta rol o’ynaydi. U qiyofani 60% gacha o’zgartiradi.
Kiyim kishining badiiy didini ifodalaydi, madaniy saviyasini belgilaydi, shaxsni
xarakterlaydi. Kiyim kishiga nisbatan turli his-tuyg’ular uyg’otadi. Masalan:
jiddiylik, vazminlik, jo’shqinlik, sovuqlik, oddiylik va boshqalar.
Kiyim insonning ilk rivojlanish davridan boshlab doimo inson bilan birga
rivojlanib keldi. Kiyimning dastlabki ko’rinishlari Ibtidoiy davr odamlarining qabila
bo’lib yashagan vaqtiga to’g’ri kelgan. Bu davrda daraxt barglari, poxollar, hayvon
terilarini tanaga beldan bog’lab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat
faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi
ko’rinishi turli o’simlik va hayvonot mahsulotlaridan to’qilgan oddiy gazlamalarni
tanaga o’rab yurishdan iborat edi.
11
1-rasm.Ibtidoiy davr kostyumi
Kostyum shakli yaratilganda quyidagi talablarga ahamiyat beriladi:
-
funksional - buyumning texnik maqsadini va insonning utilitar talablarini
oldindan aniqlash;
konstruktiv-texnologik - materialning fizik-mexanik xususiyatlari va shakl
konstruksiyani oqilona ifodalash; estetik - jamiyatning estetik ideallariga buyumning
mosligi.
Kostyum shakli inson bilan chambarchas bog’liq va faqat uning siymosi,
razmeri, harakatini inobatga olgan holda tahlil etilishi lozim.
Kostyumning har bir qatlami o’z xossalariga ega:
-
ustki qatlami: rang, faktura, chiziq, naqsh, bezak, yani kom’ozitsion bezak
qatlamlaridan iboratdir.
Kostyumlarda asosan uchburchak, to’g’riburchak, trapetsiya va oval kabi
tarkibiy elementlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |