Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Ayollar kostyumi. 
XVI asrda ispaniyaliklarning estetik tasavvuriga binoan ayol 
ozg’in
va xushbichim bo’lishi kerak edi. Kostyumning uchburchakli silueti gavdani to’g’ri 
va monumental qilib ko’rsatardi. Kiyim juda noqulay va dag’al bo’lib, odamning 
xarakatiga xalaqit berardi. Ayollar baravar ikkita ko’ylak kiyishardi. Ichki ko’ylakning 
oldi berk, ustki ko’ylakniki esa ochik edi. Shleyfsiz yubka qamishdan qilingan maxsus 
konussimon karkas ustidan kiyilardi. Yubkada bironta taxlam yoki burma bo’lmasligi 
kerak edi. Shu davrning urf-odati bo’yicha ko’ylakning ostidan oyoq ko’rinmasligi shart 
edi. Shunday shaklli yubka 
"vertyugad" 
(fazilatni saqlovchi) deb atalardi. Lifni oldi juda 
tor, pasti uchburchak edi. Gavdani maxsus qalin matodan qilingan shnurovkali lif bilan 
siqishardi. Unga ko’krak shaklini yashirish uchun paxta solishar edi. 
XVI asr o’rtalaridan boshlab lifga metalldan planka yoki kit mo’yidan (kit og’zidagi 
mo’giz plastinkasi) qilingan plastinkalarni qo’yishadigan bo’ldi. Ushbu ichki lif ko’krakni 
siqadigan "
korset’
’ga aylangandi. Ammo yassi lifning ustidan ko’krakning chegaralarini 
ko’rsatish maqsadida ikkita yarim doira shaklida bir shoda inju tikilardi. Ko’ylak ko’krak va 
bo’yinni berkitardi, dekoltesi (odatda kvadratsimon) bo’lsa, uni kashtalangan ro’mol 
"shemizetka" 
bilan berkilardi.Ichki ko’ylakning yengi tor, ustkiniki esa keng va uzun 
edi. Yoqasi gofrelangan 
"freza" 
bo’lardi(38-a, b rasmlar). 


69
a)
 
b) 
38-rasm. XVI asr o’rtasi Ispaniya ayollar kostyumi 
XVI asr o’rtalaridan boshlab yenglarning shakli o’zgardi: ichki ko’ylak yengini bir 
necha joyidan bog’lab buf qilishardi, ustki ko’ylakniki esa kalta dag’al bufga aylandi. 
Ba’zan, ustki ko’ylak yengsiz bo’lishi mumkin edi. Ichki ko’ylakning yengi ko’pincha 
taxlamli manjetli edi. 
Belni qimmatbaxo toshlar bilan bezalgan duxoba yoki metalldan yasalgan kamar 
bilan bog’lashardi. Uning uchi etagigacha osilib turardi. 
Oyoq kiyimlari yumshoq tufli edi. poshnali tufli birinchi marta XVI asr oxirida 
paydo bo’lgandi. 
Prichoskalari oddiy va odmi edi. Ko’pincha 
"bando" 
prichoskasi uchrardi, boshning 
o’rtasidan farq ochib, sochlarni yuzga tushirib va orqaga turmaklab qo’yishardi. Sochlarini 
chambar, gullar va qimmatbaxo toshlar bilan bezatishardi. 
Bosh kiyimni kam kiyishardi. Ularning shakli erkaklarnikiga o’xshardi. Ammo 
Ispaniyada o’ziga xos maxsus bosh kiyim — 
vual
(tur) bo’lgandi. U bosh yoki yelkaga 
tashlanib, gavdani o’rab yergacha tushardi. Ushbu vuallar ispan ayollarining kostyumini 
maxsus buyumi bo’lib qoldi. Ular 
"mantilya" 
deb atalardi. Ustki kiyim plashch edi. 
Kiyimga qo’shimcha qo’lqop va yelpig’ichni olib yurishardi. XVI asrdan boshlab yelpig’ich 
ispan ayollari kostyumining ayrilmas qismi bo’lib qoldi. Asrning ikkinchi yarmida buklama 
yelpig’ichlar paydo bo’lgandi. Tur bilan bezalgan dastro’mollarni qo’lda ushlab 
yurishardi. 


70
Xalq kostyumida karkas va korsetlar bo’lmagan. Ularning kostyumi ichki ko’ylak, 
shnurovkalangan korsaj va sal qisqartirilgan yubka, peshband, tur yoki mantilyadan 
iborat edi. 
Uyg’onish davrida Fransiya, Germaniya, Angliya singari G’arbiy Yevropa 
mamlakatlari liboslari dastlab Italiya ta’sirida, keyinchalik Ispaniya ta’siri ostida 
rivojlandi. Lekin milliy rivojida o’ziga xos belgilari ham yo’q emas edi.
XVI asr boshlariga borib erkaklar paypoq ishtonlar ustidan kalta bo’ksa 
ishtonlar kiya boshlashgan. Paypoq ishtonlar tizza tepasidan kesilib, yuqori ishtonga 
tortilar va bezak lentalar – bog’ichlar bilan bog’lanardi. Erkaklar ustki kiyimi – 
tugmalari qadalmaydigan, kengaytirilgan siluetli, astarsiz shaube hamda plash 
bo’lgan. Libosni yassi bosh kiyimlar, keng tumshuqli, ya’ni «sigir tumshuqli» 
poyabzal to’ldirgan. Bezaklardan erkaklar libosida ham foydalanilgan.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish