Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Ayollar libosi.
Asr davomida ayollar libosi asosida bir necha bor shakli 
o’zgargan metall plastinkali suyakli korsetlar yotadi. Korset shakli o’zgarib turgan va 
modani aks ettirgan. Ko’ylaklarning etaklari kraxmallangan va bir necha ustki 
yubkalar hisobiga keng, shaklan katta bo’lib qolavergan.
Ichki ko’ylak,
ya’ni 
kott lif
yoki 
korsaj
va yubkadan iborat. Old lifi uchburchak 
shakldagi o’yiq ustiga yechib qo’yish mumkin bo’lgan kiritma, to’r bilan 
bezaklangan keng va past yoqadan iborat. Ustki ko’ylak sifatida keng, kalta yengli va 
bel qismi yuqori bo’lgan oldi ochiq 
rob
xizmat qilgan. Ichki va ustki kiyimlarning 
ranglari kontrast yechimda: biri yorqin, biri to’qroq rangda hal etilgan. Asrning 


77
ikkinchi yarmida ayollar libosining shakli keskin o’zgardi. Yenglar kengligini 
yo’qotib, kaltalashdi (tirsakkacha). Past qismi esa keng to’rli pirpiraklar bilan bezaldi. 
Bu davr ayollar libosining asosiy ifodali chizig’i – uning ikki qavatli yubkadan 
iboratligida ko’zga tashlanadi. Kott lifiga odatda ikkita yubka tikilgan: 
fripon
(ichki) 
va 
modest
(ustki). Modest uchun og’ir naqshlarsiz barxat, parcha, atlas kabi matolar 
tanlangan. Fripon uchun esa yengil va yupqa matolar: tafta, muar, kamlot
tanlangan. Modest old qismi kesmali bo’lgan. Kesma chetlari to’rlar, ryushlar va 
mo’yna bilan bezalgan. Etak qismi esa burmalanib, shnurlar va munchoqlar 
yordamida lifga qotirilgan. Friponning ochilib qolgan qismi, ya’ni oldi va past 
qismiga volanlar, bir necha qatorli pirpiraklar, to’rlar, baxrama, shokilalar bilan 
bezak berilgan (42-rasm).
42-rasm. Ayollar kostyumi 
Faqatgina dvoryan ayollari kiyishi mumkin bo’lgan 
rob
shleyf bilan tikilgan. 
Rob yubkasi ham beldan burmalanib, pastga tomon oldi ochiq bo’lib, kott yubkasini 
berkitmay turgan. Yubkalardagi ko’pgina taxlamalar va burmalar bo’ksa chizig’ini 
birmuncha kattalashtirib, ayollar gavdasining past qismini kengaytirib ko’rsatgan (43-
rasm).


78
43-rasm.Fransuz ayollar liboslari 
Bu davr moda yaratuvchilari, asosan, fransuz qirollari va uning a’yonlari edi. 
Shunday qilib, bir asr davomida aslzodalar libosi 6 marta o’zgardi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish