Asil
– qimmatbaho tosh.
Babush
– arab erkaklarining oyoq kiyimi – shippak.
Bakay
– ko’ylakning etak qismidagi burmalar.
Balak
– turkman erkaklari ichki bel kiyimi.
Banoras
– beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ustki
kiyimi bo’lmish paranji tikilgan.
Bey sin
– xitoy ayollarining kofta ustidan kiyiladigan nimchasi.
Beqasam
– yo’l-yo’l gazmol bo’lib, undan erkaklar, ayollar va bolalar uchun
kundalik kiyiladigan to’nlar, ko’rpako’rpachalar tikishda foydalanilgan.
Beldik
– kumush taqinchoqlar bilan bezatilgan kamar.
Belyo uslubi
– retro uslubining ko’rinishlaridan biri. Yuqa och rang shoyi va
paxta matosidan kishilik uchun tikilgan ko’ylak, bluzka va sarafanlar. Ular tagdo’zi,
guldo’zi kashta yoki oddiy to’rdo’z, ko’z-ko’z gul, ingichka gul chok bilan
hashamlangan. Ayollar ich ko’ylagini qadimdan shunday bezaganlari uchun
uslubning nomi ham shundan tarqagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |