Kandis
– Fors shohining ustki kiyimi – plash.
Kantri-luk
– («vatanga qarash, sog’inish, vatanni ko’rish» ma’nosida). Qishloq
uslubidagi kiyim. Unda xalq uslublari ustun. Ko’pincha bu libos dam olishda, uyda,
bo’sh vaqtda kiyiladi.
Kan szyan
– xitoy ayollari ichki nimchasi.
Kan szyar
– ayollar ichki yelka kiyimi.
Kaptama chapan
– qirg’iz erkaklari ustki kiyimi, yeng o’mizi yumaloq
shakldagi o’tkazma yengli, to’g’ri bichimli, etagining ikki yon tomoni qirqimli, tor
chopon.
Karmanola
– erkaklar kostumi, oq ko’ylak ustiga kiyilgan kalta ko’rtka. Qizil
tasma bilan bezalgan uzun ko’k pantalon va milliy kokardali qizil frigik qalpoqdan
iborat. Bo’yinga rangli sharf-galsto’q bo’sh qilib bog’langan. Karmanola tagidan
kalta jilet kiyilgan. Uni XVII asrda G’arbiy Yevropada kiyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |