Kostyum tarixi


Qashqadaryo – Surxondaryo liboslari



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Qashqadaryo – Surxondaryo liboslari. 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi 
O’zbekistonning janubida joylashgan.
 
113-rasm. Erkaklar libosi. Buxoro. 


146
Ular iqlimining issiqligi bilan ajralib turadi. Тabiiy shartsharoitlardan kelib 
chiqqan holda o’lka aholisining milliy kiyimlari ham tabiat sharoitlariga mos bo’lishi 
lozim. Кiyimlarning yorqin ochiq bo’yoqlari, erkin bichimi va noyob, turli-tuman 
kashtalari kishilarning yuqori dididan dalolat beradi. Surxondaryo vohasida asrlar 
osha turli etnik guruhlar yashab kelmoqda, u yerda o’ziga xos tarixiy-madaniy 
etnografik voha vujudga kelgan bo’lib, an’anaviy madaniyatning yuragi hisoblanadi. 
2001-yilda Boysun YUNЕSКО xalqaro tashkiloti tomonidan xalq madaniyatining 
durdonasi deb tan olinganligi tasodifiy emas. Ushbu mintaqa uchun an’anaviy, o’ziga 
xos kiyimlar aholining xo’jalik yuritishi, estetik qarashlari asosidagi hayot tarzi va 
iqtisodiy omillarning o’ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda tayyorlangan. 
Кiyimlarda ajdodlarning ko’p asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik g’oyalari 
yaqqol ifodalangan. Ularda boshqa elementlarga nisbatan xalqning milliy xarakteri
etnik tarixi ildizlariga borib taqaladigan an’analari, ijtimoiy munosabatlari va 
mafko’ra, e’tiqodning ayrim elementlari ko’proq ifodalangan. U kishilarning moddiy 
farovonligi, ularning didlari, xo’jaligining ayrim o’ziga xosliklari va oilaviy 
turmushining ba’zi tomonlarini aks ettiradi. 
Surxondaryoda ayollarning «kiygich», «bosh» deb ataladigan bosh kiyimlari 
faqat ayni o’lkagagina xos bo’lib, O’zbekistonning boshqa joylarida uchramaydi (62-
rasm). «Bosh» juda o’ziga xos bosh kiyimi bo’lib, u bir nechta vazifani bajargan: 
1.
Аyollar boshini issiq, sovuq va shamoldan asragan. 
2.
Unda ayollar turmushda tez-tez zarur bo’lib turadigan mayda buyumlarni 
(ip, igna, to’g’nag’ich va taroq) saqlaganlar. 
Surxondaryoning ayollari qizil, olcha ranglarni juda yaxshi ko’rganlar. Кiyim 
uchun yo’l-yo’l, sidirg’a va yirik gulli abrli gazlamalarni tanlaganlar. Кiyimlarga 
kashtalar nafaqat go’zallik va estetik did berish uchun tikilgan, shuningdek, ular diniy 
asos larga ham ega bo’lgan. Хususan, bunday bezaklar ayollar, bolalar va 
kelinchaklarni yomon ko’zdan asraydi, deb hisoblangan. 
Аyollarning kiyimlarini zargarlik bezaklarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. 
Surxondaryoda zargarlik buyumlari xuddi kiyimlar kabi ushbu mintaqaning etnik 
turmush tarziga xos bo’lgan, alohida ajralib turadigan xususiyatlarga ega. Кumushdan 


147
ishlang an peshona bezaklari «sinsila» (sil-sila) deb atalgan. Аyollarning ziraklari 
turli-tuman bo’lgan. Burunga taqiladiganlari «letuva» va «natti» deb atalgan. 
Surxondaryo ayollari zargarlik buyumlarini juda sevganlar va ko’plab taqib 
yurganlar. 
Qashqadaryo va Surxondaryo aholisi milliy kiyimlarining noyob namunalari 
aholining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda taqdim etilgan: erkaklar, ayollar va 
bolalar kiyimlari; yosh ayollar, o’rta yoshdagi erkaklar va ayollar, keksalar kiyimlari . 
Surxondaryo yana qadimiy yer osti saroylari va moddiymadaniy yodgorliklariga 
boy bo’lib, ushbu o’lkaning qadimiy madaniyati bundan dalolat berib turadi.
114-rasm. Ayollar kostyumi. Surxondaryo. 
Surxondaryo hududida arxeolog olimlar tomonidan topilgan Dalvarzintepa, 
Аyritom, Sopollitepa, Fayoztepa, Bolaliktepa kabi qadimiy tarix, madaniyat va san’at 
obidalaridan topilayotgan nodir ashyolardagi tasvirlar bu joydagi liboslar haqida 
qimmatli ma’lumotlar beradi. 
Qashqadaryo va uning yirik tarixiy shahri Shahrisabz (Кesh) milliy 
kiyimlarining o’ziga xos xususiyatlari ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini turli 
kashtalar bilan bezatishdan iborat, zero, bu kashtalar yuzlab yillar mobaynida haqiqiy 
san’at asarlariga aylanib ulgurdi. 
XIV–ХV asrlarda Shahrisabz Тemuriylar saltanatining yirik siyosiy, ma’muriy 
va madaniy markazi hisoblangan. Bu ko’p jihatdan Shahrisabz kashtalarining o’ziga 
xosligi va badiiy xususiyatlarini belgilab beradi. Qashqadaryo va Shahrisabzning 


148
kashta tikilgan buyumlari o’zining yorqinligi, ranglarining uyg’unligi bilan ajralib 
turadi. Bu erkaklarning choponlari, shalvarlari, do’ppilari, kuloh va turli-tuman 
ayollar buyumlari, ya’ni ro’mol, sumkachalar, dastro’mol, oynaxalta, taroqxalta va 
boshqa buyumlari bo’lib, ular qarama-qarshi ranglar: yorqin qizil, to’q sariq, to’q 
jigarrang, binafsharang, yashil ranglar bilan ajralib turadi. 
Qashqadaryo va Shahrisabzda kashta tikishning «yo’rma» va «kandaxayol» 
usullari qabo’l qilingan bo’lib, kashtaning «iroqi» usuli keng tarqalgan. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish