Kostum va moda tarixi


IV BO‘LIM. O‘RTA ASRLAR  KOSTUM TARIXI



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

IV BO‘LIM. O‘RTA ASRLAR  KOSTUM TARIXI
4.1. VIZANTIYA KOSTUMI TARIXI
O‘rta asrning muhim madaniyat o‘choqlaridan biri Vizantiya 
davlatidir. Sharqiy Rim imperiyasi o‘rnida 395-yili vujudga 
kelgan bu davlat 1453-yilgacha yashadi. Vizantiya san’atida 
ideal obrazga bo‘lgan munosabat o‘z qiymatini saqlab qoldi. 
Konstantinopol bu davrda katta Vizantiya imperiyasining na-
faqat siyosiy markazi, balki madaniy o‘chog‘iga ham aylandi. 
«Ikkinchi Rim» deb nom olgan bu shaharda mahobatli quri-
lish san’ati rnvojlandi, hashamatli monastir va ibodatxonalar 
majmuasi yaratildi. Ilk Vizantiya ibodatxonasining namu nasi  – 
Ravennadagi Sant Apollnnare Nuovo ibodatxonasida shu xu-
susiyat  o‘z  ifodasini  topgan.  Eng  yirik  Avliyo  Sofiya  bosh  
ibodatxonasi  532–537-yillarda  me’morlar  Tralli    Anfimiy  va 
Miletli Isidor tomonidan qurilgan. Binoning konstruktiv tuzi-
lishi Rimdagi Panteon ibodatxonasi tuzilishiga o‘xshab ketadi. 
Sofiya  bosh    ibodatxonasining  muhim  tomoni  binoning  katta 
gumbazli bo‘lishidir. Ulkan gumbazning diametri 31,5 metrni 
tashkil qiladi. Unda 40 ta darcha mavjud bo‘lib, ibodatxonaga 
yorug‘lik tushishini ta’minlagan. 
Vizantiya haykaltaroshligida dumaloq haykaltaroshlik 
o‘zining mavqeyini yo‘qotib, ko‘proq bo‘rtma tasvir tarzida 
asarlar yaratildi. Ravennadagi mozaikalar (V–VII asrlar) Vi-
zantiya san’atining nodir namunasi hisoblanadi. Malika Galla 
Platsi diya maqbarasi mozaikalaridagi jannat bog‘i va undagi 
hayot, San Vitale  cherkovidagi imperator Yustinian va uning 
oila  a’zolari  tasviri  rang  tizimining  nafisligi  va  yuksak  ma-
horatda ishlanganligi bilan ajralib turadi. Iso, Bibi Maryam, 
apostollar  va  avliyolarning  ikonagrafik  tasviri  ikonografiyasi 
yaratilib, boshqa yerlarga tarqatildi. Navin Isus qo‘lyozma 
miniatyuralari (Vatikan kutubxonasi, VII asr), «Ioan Zlatousi 


40
so‘zi»ga ishlangan «Imperator Nikifor Votaniat o‘z a’yonlari 
bilan» asarlari (1078–1081, Parij, Milliy kutubxona) shundan 
dalolat beradi. 
Vizantiya san’atiga 1204-yildagi salb yurishi katta ziyon 
yetkazdi, asarlar vayron qilindi, Bir qator san’atkorlar o‘zga 
yurtlarga ketib qoldilar. 1453-yili Konstantinopol turklar to-
monidan bosib olindi va bu saltanat tugadi. Bolqon yarim oro-
li, Janubiy Italiya, Venetsiya, Armaniston, Gruziya, Qadimgi 
Rus san’ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. 
Vizantiyalik to‘quvchilar jun, ipak, parcha, shuningdek, 
gilam to‘quvchiligida alohida shuhrat topgan edilar. Ular-
ning san’ati VI asrga kelib ipak ishlab chiqarish rivoji bilan 
yanada kamol topdi. Vizantiya matolarining fakturasi tur-
li-tuman bo‘lib, metall iplar yoxud qimmatbaho toshlar bi-
lan bezaklangan og‘ir, qalin, noelastik matolar yetakchilik 
qilardi (21-rasm). 
21-rasm.
Matolardagi ranglar turli-tumanligi va ularning ranglaridagi 
turfalilik e’tiborni tortadi. Binafsha, uning to‘q qizil rang 
tuslari yuqori qo‘yilib, imperatorlar liboslari rangi hisoblangan. 
Bezaklar uchun yorqin ranglar, ya’ni sariq, jigarrang, oq, qora, 
qaymoqrangdan foydalanilgan.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish