Kostum va moda tarixi


Nazorat uchun savol va amaliy



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Nazorat uchun savol va amaliy 
topshiriqlar:
1.  Ilk o‘rta asrlar davri san’ati haqida so‘zlab 
bering.
2. Ilk o‘rta asr davrida qanday badiiy uslublar 
shakllana boshladi? 
3. Bu uslubning asosiy xususiyatlari nimadan 
iborat?
4. Ilk o‘rta asr davridagi erkaklar kiyimi haqida 
nimalarni bilasiz?
5. XI asrda libosda qanday yangi shakllar 
paydo bo‘lgan?
6. O‘rta asrlar liboslaridagi rang, bezaklar yechimi, foydalanil-
gan matolarga tavsif bering. 
7. O‘rta asr ayollari kiyimlarida qanday bezaklar ishlatilgan?
8. Kech o‘rta asrlar davridagi ayol libosiga ta’rif bering.
26-rasm.
27-rasm.


49
4.3. O‘RTA ASRLAR RUS KOSTUMI TARIXI
IX asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvi asosida 
Qadimiy Rus davlati tashkil topdi. Sharqiy slavyanlarning ikki 
markazi – Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga 
mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. Taxminan 988-yilda 
knyaz Vladimir Vizantiya pravoslav shaklidagi xristianlikni 
Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni 
mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugor-fin 
va boshqa qabilalarni jipslashtirishga ko‘maklashdi. Qadimiy 
rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini 
qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga 
aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan 
keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti  
(1132-y.)dan so‘ng Qadimiy Rus davlati parchalanib ketdi. 
Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, Vladimir, Suzdal, 
Galich Volin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib 
chiqdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati XV oxiri – XVI asr 
boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. Novgorod 
(1478), Tver (1485), Pskov (1510), Smolensk (1514), Ryazan 
Moskva (1514) buyuk knyazligiga qo‘shib olindi. 1480-yillarda 
mo‘g‘ullar zulmi barham topdi. Birinchi rus podshohi Ivan IV 
Vasilyevich Grozniy (1533–1584; 1547-yildan podsho) davlatni 
markazlashtirishga kirishdi. Qozon va Astraxan xonliklari 
qo‘shib olindi, shu tariqa Ural orti va G‘arbiy Sibirni zabt etish 
uchun yo‘l ochildi. XVII asrda Sibirning qolgan hududlari ham 
birin-ketin qo‘shib olindi. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida 
rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, «Rossiya» 
degan nom tarqala boshladi. 
Qadimiy rus san’ati sharqiy slavyan qabilalari badiiy 
madaniyati yutuqlari asosida, qo‘shni davlatlar, ayniqsa, 
Vizantiya madaniyati ta’sirida shakllangan. Kiyevda Avliyo 
Sofiya  ibodatxonasi  (1030–40)  saqlangan.  13  gumbazli  bu 


50
ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–
50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036-yilga oid qo‘lyozmada 
Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. XII–XIII 
asrlarda rus madaniyati ravnaq topdi, yirik bino (ibodatxona, 
monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, 
ikona san’ati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga ko‘tarildi. 
XIX asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oq 
toshdan (1367) qurildi. XV asr ikkinchi yarmida markazlashgan 
rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy 
markazga aylandi. 
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida rus rassomligi yangi 
pog‘onaga ko‘tarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov 
kabi atoqli rassomlar ijod qildi. XVIII–XIX  asrning birinchi 
yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli ko‘pgina 
rassomlar u yerdan Rossiyaga keldi; rus rassomlari G‘arbda 
ta’lim oldi. 1757-yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy 
akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka e’tibor kuchaydi, 
rus me’morchiligi G‘arbiy Yevropa uslubida rivojlandi, 
barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Bu davr tasviriy 
san’atida portret janri yuksaldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida 
D.G. Levitskiy, V.L. Borovikovskiy, F.I. Shubinlarning ijodi 
rus tasviriy san’atida salmoqli o‘rin egalladi. O.A. Kiprenskiy, 
V.A. Tropinin, K.P. Bryullov kabi rassomlar zamondoshlari 
ahvol-ruhiyatini zo‘r mahorat bilan ifodaladi. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish