Klassika davri. Eramizdan avvalgi V asrga kelib, Gretsiya
o‘zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining eng
yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Bu davr klassika davri deb
yuritiladi. Klassika davrida Yunonistonda san’at va madaniyat
nihoyatda rivoj topdi. Me’morlik, haykaltaroshlikda shu davrdan
bizgacha ko‘pgina yodgorliklar yetib kelgan. Klassika davrida
Afina akropoli o‘zining tugal ko‘rinishini egalladi. Afinaning
ichki qal’asi – Akropol qayta tiklandi. Oq marmardan yasalgan
Parfenon, katta darvozaxona – Propiley, qanotsiz g‘alaba
ma’budasi Nikega atab qurilgan ibodatxona (Niki Apteros) qad
ko‘tardi.
Klassika davrida haykaltaroshlik yuksaklikka erishdi.
Haykaltaroshlar o‘z asarlarida murakkab harakatlarni ham
ifodalashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bo‘lishiga
alohida e’tibor bera boshladilar. Mironning «Diskobol»
(Disk otuvchi), «Afina va Marsiy», Polikletning «Dorifor»
(«Nayzabardor»), Fidiyning «Apollon», Praksitelning «Knid
Afroditasi», Lisippning «Dam olayotgan Germes» asarlarida
o‘z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |