Turizm va turistik faoliyati — inson faoliyatining murakkab ijtimoiy
jarayonlari va ko‗p qirrali turlari. Turistik faoliyatni turizm tashkilotchilari
(turoperator va turagent hamda barcha ishtirokchilar)ning iste‘mol mahsulotni —
turistik mahsulotni shakllantirish bo‗yicha faoliyatni, bir tomondan, va ikkinchi
tomondan, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko‗rib
chiqish mumkin. Bunda davlat soliqlarni yig‗ishda o‗z manfaatlarni hushyorlik
bilan ta‘minlaydi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo‗ladi.
Turistik faoliyatni muvaffaqiyatli yuritish uchun firmalar o‗z sa‘y-harakatlarni
sovurish maqsadida muvofiq emas, balki turistik mahsulotni ist‘emolchilarga
o‗tkazib berishi shart. Turistik firmalar, boshqaruv va turizm organlari,
mehmonxonalar va boshqa joylashtiruv vositachi korxonalar, transport korxonalari,
o‗yin-tomosha vositalari, Shuningdek, sayohat xizmatlari va tarjimon-gidlar
xizmatlari faoliyatlarini o‗zaro mujassamlashtiriladi.
Barcha turistik biznes korxonalarning asosiy faoliyati xizmat ko‗rsatish
faoliyatini birlashtirish xizmat ko‗rsatish deganda, aholi tarkibini qoniqtiradigan
foydali faoliyat sifatida mavjud, o‗ziga xos harid qiymati tushuniladi.
O‗zbekiston Respublikasida ko‗rsatilgan barcha xizmat turlariga davlat
tomonidan iste‘molchilarning sog‗lig‗i va hayot xavfsizligini ta‘minlashga talablar
ishlab chiqilgan. Ushbu talablar davlat standartlarida aks etgan va ularga rioya
qilish turistik biznes korxonalari uchun moyildir.
Turistik biznes korxonalari quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati;
2. Savdo-sotiq faoliyati bu boshqa korxonadan olingan mahsulot va xizmat
ko‗rsatish savdosida namoyon bo‗ladi;
Savdo sotiq faoliyati:
a) ko‗tara (ulgurji) savdo (yuridik shaxslar o‗rtasida);
b) chakana savdo (yuridik va jismoniy shaxslar o‗rtasida);
3. Vositachilik faoliyati — turistik biznes korxonalari tomonidan o‗ziga
tegishli bo‗lmagan xizmat ko‗rsatish va mahsulot savdosida aks etadi.
Turistik biznes korxonalari ishlashi uchun umumiy sharti bu faoliyatning
alohida turlariga litsenziya olishdir.
Litsenziyasiz faoliyat turi bu shartni bajarmagan bo‗ladi va qonun bo‗yicha bu
faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Barcha turistik korxonalari haridorlar bilan pulsiz
va naqd pullik hisob-kitobni amalga oshiradi va qonunda belgilangan hisob-kitob
tartiblariga to‗la rioya qilishi shart.