4. Turistik mahsulotni rejalashtirish
туристик
маҳ сулот
TURISTIK
MAHSULOT
Ko‗pgina firmalarning maqsadi foyda olish va uzoq davom etadigan biznes
hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun kompaniyalar salohiyatli haridorlarni
qondiradigan va Shu bilan biznesni kengaytirishga ta‘sir etadigan tovar yoki
xizmatni yaratishlari kerak. Mahsulotni rejalashtirish bu foydali va uzoq davom
etuvchi biznesni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi. Odatda, uni «besh
qoidaga bo‗ysunish», ya‘ni to‗g‗ri mahsulot yaratish, uni to‗g‗ri joyga yetkazish,
to‗g‗ri vaqtga, to‗g‗ri narxda va kerakli (to‗g‗ri) miqdorda rejalashtirish, deb
ataydilar.
Iste‘molchi uchun mahsulot — bu xizmatlarning moddiy tarkibiy qismlari va
xizmatlari yig‗indisi emas, balki undan ko‗p bo‗lgan narsadir. Bu nafliklar, moddiy
va nomoddiy qimmatliklar yig‗indisi. Demak, mahsulotni iste‘molchilar uni
qanday ko‗rmoqchi bo‗lsa, Shunday rejalashtirish kerak. To‗g‗ri mahsulot (tovar
yoki xizmat)ni yaratish oson masala emas. Chunki haridorlarning ehtiyojlari,
talablari va xohishlari doimo o‗zgaradi. Raqobat kuchlari mahsulotning hayotiy
sikliga ta‘sir qiladi, ya‘ni hayot siklining ma‘lum bosqichida muvaffaqiyatga
qozongan mahsulotlar, keyinchalik pasayish bosqichiga kiradi yoki yo‗q bo‗ladi.
Odamlarning turmush tarzi va texnologik o‗zgarishlar tez rivojlanishi uchun
ayrim tovar-xizmatlarning hayot sikli qisqaradi. Buning uchun mahsulot hayotiy
sikli konsepsiyasi (tamoyillari) strategik rejalashtirishda muhim rol o‗ynaydi va
mahsulot hayot siklining har bir bosqichi marketing uchun aniq vazifalarni
yaratadi.
Bir necha o‗n yillar oldin ko‗pgina katta kompaniyalarda rejalashtirishga
yondashuv tasodifiy holat hisoblanar edi. O‗shanda hamma ish ko‗ngildagidek
ketayotgan bir vaqtda, aniq maqsadlar to‗g‗risida o‗z tinchini buzishmaydi.
Bundan tashqari, ular ayrim hollardagina muvaffaqiyatga erishish uchun
harakatlanish grafigi va marshrutlarini aniqlashga urinadilar.
Bugungi kunda vaziyat birmuncha o‗zgardi. Muvaffaqiyat sari borayotgan
top-menejerlar o‗zlarini firma ichidagi rejalashtirish konsepsiyasiga bag‗ishlaydi.
Ular endi biznesni hayotiy muhim bo‗lgan sohalarini rejalashtirishsiz o‗z
harakatlarni amalga oshirishmaydi, ya‘ni turistik mahsulot, marketing, mehnat
resurslari, moliya va hatto jamiyat bilan aloqalarni ham rejalashtirish maqsadga
muvofiqligini anglaydilar. Top-menejerlar turistik tashkilotlarni hayotiy yo‗lini
rejalashtira borib, barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda.
Bugungi kunda bizga nisbatan G‗arbdagi turistik faoliyatning ko‗pgina
sohalarida rejalashtirishga yondashuv hayratlanarli darajada keng tarqalgandir.
Ular foydani rejalashtirishni kamrab oluvchi g‗oya ekanligini hamda bu tabiiy
holat ekanligini ta‘kidlashadi. Lekin foydani rejalashtirish o‗z vazifasini bajarishi
mumkin hamda ba‘zi kompaniyalarda mohirlik bilan amalga oshiriladi.
Nima uchun foydani rejalashtirish Shunday muvaffaqiyatlarga qodir
ekanligini, ko‗pginpa kompaniyalar hali tushunishmaydi. Bunga javob bo‗lib,
turistik tashkilotlarda foydani rejalashtirish bo‗yicha harakatlarga to‗siqlarni
yaratuvchi to‗rtta asosiy noto‗g‗ri fikrlash orqali javob berish mumkin:
-
foydani rejalashtirish noreal hisoblanadi;
-
bu — ish faqatgina shtatdagi xodimlar ishi;
-
bu — bevosita menejerlarga tegishli emas;
-
bu — haqiqatda xodimlarning asosiy funksiyasida qo‗llanilmaydi.
Yuqoridagi xatoliklarni har biri qandaydir ma‘noda haqiqat kasb etadi, lekin
ularni har biri foydani rejalashtirish uchun qilingan barcha harakatlarni to‗xtatib
qo‗yishi mumkin. Ularni aniqlab, bartaraf qilinsa, foydani rejalashtirish
muvaffaqiyat uchun real zamin yaratiladi.
Yanada aniqroq yo‗nalish olish uchun ishonchsizlikni bartaraf qilish yoki
hatto kompaniyani avvalgi siyosatini o‗zgartirish uchun quyidagi savollarga aniq
javob berishga ehtiyoj seziladi:
-
firmaning tashkil topganidan to hozirgi vaqtgacha har bir turistik yo‗nalish
bo‗yicha sotish yiliga necha foizga oshadi?
-
taklif qilinayotgan turistik mahsulot qanday tarzda o‗zgartirilishi mumkin?
- yangi turdagi turistik mahsulotni ishlab chiqish hisobidan foydaning qancha
qismini olish rejalashtirilmoqda?
Tabiiyki, istiqbolli rejalashtirishda shaxsiy kuchga va kompaniyaning kuchsiz
tomoniga alohida e‘tibor berish talab etiladi.
Kompaniyalar biznes sohasida o‗z mavqeini SWOT tahlil usuli asosida
baholash lozim, ya‘ni o‗z faoliyatini amalga oshirishda raqobatchilar oldidagi
afzalliklar hamda qayerda uning raqiblari sof afzallikka ega ekanligi tahlil qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |