Kostum va moda tarixi


 XX ASR JAHON MODASINING RIVOJLANISHI



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

8.2. XX ASR JAHON MODASINING RIVOJLANISHI
XX asr 1910–1920-yillarida modaning rivojlanishi
Pol Puarening ijodi. L.Bakstning g‘oyalari «Rus 
mavsumlari» bilan bir qatorda Parij modasiga, va ayniqsa, Pol 
Puarening ijodiga ko‘p ta’sir ko‘rsatgan. Ba’zi tarixchilarning 
fikricha, taqdir taqozosi bilan XX asr modasining yaratuvchisi 
hamda buyuk islohotchisi bo‘lish Puarening zimmasiga tushgan. 
U sohadagi «yakkahokim» sifatida ayollar jamoli haqidagi o‘z 
tasavvurini ommaga singdira olgan «moda hukmdori», «moda 
diktator»laridan birinchisi edi. 
P.Puare avval 1898-yilda «Raudnits», so‘ng 1899-yilda «Jak 
Duse» modalar uyida rassom sifatida ishlay boshladi. Aynan 
shu yerda ishlayotganda u taniqli aktrisa Gabriel Rejan uchun 
sahna libosini yaratgan. Bu libos qora taftadan tikilgan manto 
bo‘lib, matosi sirtiga bezak sifatida oq, pushti va binafsha rang 
gulsafsarlar chizilgan, ularning ustidan esa qora to‘r yopilgan 
edi. Spektakl premyerasi paytida aynan shu libos haqiqiy 
shov-shuvga  sabab  bo‘ldi  va  shundan  so‘ng  libos  muallifi  – 
Puarening nomi tillarga olinishni boshladi. 
1901-yilda, armiya xizmatidan so‘ng, Puare «Vort» modalar 
uyida ishlay boshladi. 1903-yili P.Puare keyinchalik mashhur 
Modalar Uyiga aylangan o‘z atelyesini ochadi. 1906-yilda bu 
kutyurye taklif etayotgan liboslari shaklini o‘zgartirib borishi 
hisobiga o‘sha paytda moda bo‘lgan siluetning o‘zgarishiga 
ta’sir ko‘rsatadi. U liboslardagi bikr korset va beso‘naqay ichki 
kiyimlardan voz kechib, o‘rniga korseti vulkanizatsiya qilingan 
rezinadan, bel chizig‘i tabiiy holatdan ko‘tarilgan, sodda 
shaklli liboslarni taklif etadi. P.Puare emansipatsiya tarafdori 


89
bo‘lmagan bo‘lsa-da, aynan u ayollar libosidagi korsetni 
umuman bekor qildi. 
1907-yilda Puare «neogrek» uslubidagi, bel chizig‘i 
ko‘taril gan, yorqin rangli ko‘ylaklar taklif etadi va ularni 
«1811-yil ko‘y 
laklari» yoki «Direktoriya ko‘ylaklari» deb 
ataydi. 1910-yillarda «Neogrek» uslubi keng tarqalgan bo‘lib, 
antik mavzuga berilish arxitektura, amaliy san’at va interyer 
bezatishda kuzatilar edi. 
Puare o‘sha paytdagi zamonaviy libosning tuzilishi –
konstruksiyasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsata oladi. U 
tufayli modaga kimono bichimli yeng, asimmetrik joylashgan 
taqilmalar, asimmetrik drapirovkalangan ustki yubkalar (tyunik), 
oval siluetli paltolar, sharqona xalatlarni eslatuvchi keng yengli 
oqshom uchun bashang paltolar kirib keladi. Sallasimon bosh 
kiyimlarni kiyish uchun Puare orqada ixcham tarab tutamlangan 
yoki kalta qirqilgan soch turmagini taklif etdi. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish