Kostum va moda tarixi


Birinchi jahon urushi davrida liboslardagi o‘zgarishlar



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Birinchi jahon urushi davrida liboslardagi o‘zgarishlar. 
XX asr ommaviy modadagi tub o‘zgarishlar Birinchi jahon 
urushi (1914–1918) davriga to‘g‘ri keldi. Shu vaqt mobaynida 
Avstriya – Vengriya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Fransiya, 
Angliya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Amerika 
Qo‘shma Shtatlari o‘zaro urushishgan. Bu urush yangicha 
tarixdagi burilish nuqtasi bo‘lib, nafaqat Yevropaning siyosiy 
xaritasini, balki hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborgan. 
Urushda qatnashayotgan mamlakat lardagi 74 mln. dan ziyodroq 
harbiy xizmatga chaqirilgan erkaklar harbiy forma kiygan. 
Xaki
1
 rangi urush timsoli bo‘lib qolgan. Uniforma nafaqat o‘sha 
davrning ommaviy liboslariga, balki butun XX asr modasiga 
1
 Xaki – hind.< fors. (zahil, tuproq rang < hak – tuproq, yer) – 
qo‘ng‘imtir-yashil rang (himoya rangi deb ham nom olgan) yoki shu 
rangdagi mato. Harbiylarning shu rangdagi formasini ham ba’zan 
xaki deyishadi.


90
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan – harbiylar kiyimidagi ko‘p elementlar 
kundalik liboslariga kirib kelgan.
Urush paytida erkaklar jang qilayotgan bo‘lsa, ayollar 
frontga ketgan erkaklarning o‘rnini bosishga majbur edi. Tarixda 
birinchi marta ayollar gospital, fabrika, harbiy zavodlarda ishlay 
boshlashgan, tramvay haydovchi, xat tashuvchi, chiptachi 
bo‘lib xizmat qilishgan. Xayr-ehson maqsadida oqsuyak 
xonimlar (yuqori tabaqadagi ayollar) muhtojlarga yordam 
 
berib, kasalxonalarda hamshiralik qilganlar, ularning oqsochlari 
esa ish haqi kattaroq bo‘lgani va hech bo‘lmaganda maxsus 
kiyim berilgani sababli harbiy zavodlarga ishga kirgan.
Ayollar birinchi marta uniforma: xizmatchilar – kombinezon, 
pochtachi va chiptachilar – kaltalashtirilgan etagi keng yubka, 
forma kurtkalari bilan furajka, hamshiralar – qizil xoch chizilgan 
oq ro‘mol bilan oq yoki kulrang xalat kiyganlar.
Serharakat hayot tarzi, oziq-ovqat, yoqilg‘i va mato 
tanqisligi nisbatan qulay kiyim kiyishni taqozo etar edi. Aynan 
Birinchi jahon urushi davrida shakllangan libos ayollarning 
XX asrda kiyiladigan libosi qanday bo‘lishini belgilab 
berdi. Ya’ni, yubkalar kaltalashdi; korset va «bedanaqadam» 
yubkalardan voz kechildi; murakkab soch turmaklari, katta 
hajmdor shlyapalar barham topdi. Ularning o‘rniga harbiylar 
forma kiyimidan olingan funksional detallar – frenchlarnikiga 
o‘xshash qay tarmali yoqalar, «stoyka aviatora» deb atalgan 
baland tik yoqalar, qoplama cho‘ntaklar keng rusum bo‘la 
boshladi. Asr boshi modasidagi ayollar libosi uchun odatiy 
bezaklar  (kashta,  applikatsiya,  nafis  to‘rlar)  esa  kundalik 
kiyimdan yo‘qolib ketdi. Sovun yetishmasligi va tif 
kasalligining tarqalishi sochlarni kalta qirqishga majbur qildi. 
Deyarli barcha korxonalar harbiy buyurtmalarni bajargani 
sababli tinch aholi uchun gazlama, poyabzal va shu kabilar 
yetishmas edi. Ko‘pchilik harbiy formani o‘zgartirib, o‘ziga 
libos tikishga majbur edi. 


91
Qo‘lda to‘qilgan trikotajdan jaket, kardigan, jemper, sharf 
va qalpoqlar modaga kirib keldi. Erkaklar libosidagi boshqa 
elementlar  –  getralar,  fetr  shlyapalar,  kashne  –  sharflar  ham 
keng tarqaldi. Ichki kiyim ham ancha soddalashdi: byustgalter 
va uzun paypoq uchun belbog‘lar korsetlar o‘rnini tamomila 
egalladi. Korsetlardan voz kechilishi beo‘xshov keng ko‘ylak 
va jaketlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Oliy moda ham urush davri talabiga bo‘ysunishga majbur 
bo‘lgan, hatto P. Puare ham harbiy buyurtmalar bo‘yicha 
ishlagan. Boshqa Moda Uylari – «Paken», «Vort», «Doye», 
«Lyusil» kabilar taklif qilgan kundalik liboslarda harbiy kiyim 
ta’siri sezilib tursa-da, ammo bashang liboslarda urushgacha 
moda bo‘lgan kiyim elementlarini – jig‘ali sallasimon bosh 
kiyimlar, sharqona uslubdagi (bel chizig‘i ko‘tarilgan, lekin 
avvalgiga nisbatan kengroq va kaltaroq yubkali) ko‘ylaklarni 
ko‘rish mumkin edi. 
Urush davriga Koko Shanelning ham modali kiyim 
yaratuvchisi sifatida ilk yutuqlari to‘g‘ri kelgan. Boshqa 
kutyuryelar mato tanqisligini sezayotgan bir paytda u o‘z 
korxonasini yana ham kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Shanel 
1913-yili Dovill kurort shahrida ochilgan korxonasida dam olish 
uchun sport uslubidagi liboslarni yarata boshladi. U yaratgan 
sodda bichimli oddiygina ko‘ylak va kostumlar urush paytida 
xaridorgir bo‘lgan. Birozdan so‘ng Shanel o‘z korxonasini 
Byaritss shahriga ko‘chirib, oliy Modalar Uyini ochadi va 
mijozlariga o‘sha davrda ustki kiyim uchun g‘ayrioddiy 
material – trikotajdan tikilgan liboslarni taklif etadi. 
Birinchi jahon urushi tugagandan so‘ng qulayroq kiyimga 
bo‘lgan ehtiyoj yubkalarning yanada kaltalashuviga olib keldi. 
1925-yilga kelib yubkalar qisqarib tizzagacha, 1927-yilda esa undan 
ham balandroq ko‘tarilgan. Erkaklar shimi ayollar garderobiga 
asta-sekin o‘rnasha boshladi. 20-yillar iqtisodiy rivojlanish davri 
bo‘lib, Yevropa urush qiyinchiliklaridan so‘ng o‘ziga kelayotgan, 


92
g‘olib mamlakatlar g‘alaba nashidasini surayotgan davr edi. Kalta 
kechki ko‘ylaklar tong otguncha raqs tushishga xalaqit bermagan, 
ularning etagidagi mayda ipak yoki munchoq-biser
1
lardan terilgan 
shokilalari modali raqslarning o‘ziga xos plastikasi va ritmini 
ta’kidlagan, mustahkam poshnali va qulay tasmali poyabzal 
charchamasdan raqs tushishga xizmat qilgan. 
Korsetlardan voz kechilishi orqa qismi ochiq ko‘ylaklarning 
(1918-yilda P.Puare birinchi bo‘lib namoyish etgan) moda 
bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, yubkalarning kaltalashuvi tana 
rangidagi paypoqlarning ommalashuviga olib keldi. 
1920-yillarda sportga qiziqish ham o‘sib bordi. Tex-
nikaga sig‘inish modabop libosga avtomobil va samolyot 
haydovchilarining professional kiyimlaridan olingan funksional 
elementlarning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. 1919-yilda aynan 
sport kiyimi va faol dam olish uchun mo‘ljallangan liboslarga 
ixtisoslashgan «Jan Patu» nomli Oliy Modalar uyi ochildi. 
Sport libosi elementlari ham kundalik kiyimlarga kirib kela 
boshladi. Norasmiy sharoitda erkaklar pidjak o‘rniga trikotaj 
kardigan va pulover kiyishni boshladilar. O‘rtacha kenglikdagi 
mumtoz bichimli shim o‘rniga esa «golf-shimlar» yoki paxmoq 
«oksford shimlari» kiyilardi. Umuman olganda, kiyinishdagi 
avvalgi qat’iy talablardan voz kechish boshlandi – silindr 
va «kotelok»lar kepi yoki yumshoq shaklli shlyapa bilan 
almashtirildi, issiq kunda norasmiy sharoitda pidjaksiz yolg‘iz 
ko‘ylakda yurish mumkin bo‘ldi. Erkaklarning bashang kiyimi 
sifatida smoking
2
 kirib keldi. 
1
 Biser – arabcha – mayda don, donacha, zarracha; kashtachilikda 
qo‘llaniladigan shisha yoki metalldan yasalgan, igna yoki ip o‘tishi 
uchun o‘rtasi teshilgan munchoqlar.
2
 Smoking – ingl. [smoking – jacket] – dastlab uy ichida kiyish 
uchun, aniqrog‘i, tamaki chekish paytida kiyishga mo‘ljallangan 
shoyi xalat. Uning uzun adip qaytarmali yoqasi sirti silliq atlasdan 
bo‘lgan. Keyinchalik shakli va matosidagi o‘zgartirishlar hisobiga 
erkaklarning oqshom libosi sifatida kiyilishni boshladi.  


93
Trikotaj kundalik kiyimlar uchun eng modabop ashyoga 
aylandi. Jun yoki ipak trikotajdan jemper va puloverlarni, 
trikotaj  kardiganlarni,  to‘qilgan  shapkacha  va  sharflarni 
nafaqat erkaklar, ayollar ham kiyar edilar. Bunday buyumlar 
hozirgi kungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi uchun, 
ularni libosdagi o‘ziga xos klassika darajasiga ko‘tarish 
mumkin.
Bu orada tayyor liboslar ishlab chiqarishning faol rivojlanishi 
boshlandi. Bu esa, o‘z navbatida, murakkab bo‘lgan tikish 
texnologiyasi va libos konstruksiyasining soddalashtirilishini 
talab qilardi. 
Tikuv korxonalarining tayyor kiyim mahsulotlari ommalashib 
borishiga qaramay, modani Parijdagi yuksak Modalar Uyi 
shakllantirar edi. Aksariyat kutyuryelarning modellari shu 
davrda eng zamonaviy hisoblangan «ar-deko» uslubiga 
monand bejamdorlik, serhashamlik bilan ajralib turardi. Faqat 
ikkita modelyer prinsipial o‘zgacha g‘oyani taklif etdi. Ilk bor 
rassom-modelyerlar oldida «modadan tashqari» libos yaratish 
vazifasi turar edi. Bunday g‘oyalarni libos modellashtirishdagi 
o‘ziga xos inqilob desa bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, 
aynan ayol modelyerlar bu g‘oyani ilgari surdilar. Bular Madlen 
Vionne va Koko Shanel edi.
1929-yilning oktabrida Amerikada ro‘y bergan bank tizimi 
inqirozi tufayli butun dunyo iqtisodiy inqirozi boshlandi. 
Shu sababli boshlangan «Buyuk (Katta) depressiya» XX asr 
1930-yillarining birinchi yarmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: pul 
qadrsizlandi; hissadorlik jamiyatlari kasodga uchradi; ko‘p 
korxonalar yopilishi evaziga ishsizlik o‘sdi. 1930-yillar modasi 
amaliy, bosiq, vazmin va demokratik bo‘lishga majbur edi. 
O‘zining boyligini ko‘z-ko‘z qilish salkam beadablik hisoblana 
boshlandi. 
Elegant oddiylik, o‘ziga xos bilinar-bilinmas «shik», 
avvalo, elitar mijozlar uchun yaratilar edi. Bir paytning 


94
o‘zida 1930-yillar libos dizaynining rivojlanishida o‘ta muhim 
va sermahsul davr bo‘ldi – kiyim modellashtirishda yangi 
g‘oya va konsepsiyalar paydo bo‘la boshladi. Inqirozga 
qaramay yangi Moda uylari ochildi: 1930-yilda «Meynboxer», 
1932-yilda «Nina Richchi», 1933-yilda «Rober Pige» va 
«Aliks», 1935-yilda «Elza Skyaparelli», 1937-yilda «Jak Fat», 
«Jan Dusse», «Kristobal Balensiaga». Ba’zi kutyuryelar ilk 
bor tayyor kiyim kolleksiyalarini yaratishga urinib ko‘rishdi. 
Jumladan, Koko Shanel tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi firma 
bilan hamkorlik qilgan; 1933-yilda J. Xeyn; 1934-yilda esa 
L. Lelong kabilar tayyor ko‘ylak termalarini chiqarishgan. 
Bichimi say 
qallanishi va murakkablashuvi evaziga tayyor 
kiyimning sifati orta boshladi. Bu narsa, ayniqsa, ommaviy 
modani shakllantiruvchi Gollivud va pochta orqali kataloglar 
yordamida  millionlab  modellarni  sotuvchi  firmalar  faoliyati 
tufayli, AQSHda sezilarli edi. 
1930-yilda modaning demokratlashuvi davom etdi: oddiylik, 
qulaylik va ratsionallik – bu sifatlarni ommaviy moda eng ko‘p 
baholar edi. 
Ayollar libosiga erkaklar kostumining ta’siri hamon sezilib 
turardi. Ayollar shimi sport va uy ichi kiyimi sifatida keng 
tarqalib ommaviylashgan. 
Libosdagi demokratlashuv ansambl tushunchasiga tegishli 
edi: u haqidagi avvalgi tasavvur xarajattalab bo‘lgani uchun 
inqiroz davri uchun noo‘rin edi. 30-yillar modasidagi 
ansambl uni tashkil etuvchi kostum barcha elementlari 
rangining o‘xshashligi (mushtarakligi) bilan emas, balki 
aksessuarlar: shlyapa, sumkacha, poyabzal, qo‘lqoplar hisobiga 
mujassamlangan. Iloji boricha bu to‘ldiruvchilarning bir xil 
rangda bo‘lishi nazarda tutilgan. Bunday garniturni (odatda, 
qora yoki jigarrangda, yozda esa – oq) ixtiyoriy ko‘ylak yoki 
kostum bilan kiyish mumkin edi. 


95
Moddiy qiyinchiliklar tufayli qimmatbaho ziynatlarni hech 
kim sotib olmagani uchun, modada arzon bijuteriya keng 
tarqaldi. 
Erkaklar modasiga aksincha, konservativlik – asr boshidagiga 
o‘xshash fraklar qaytib keldi. Gollivudda esa fraklar o‘sha davr 
kinoaktyorlaridan eng eleganti hisoblangan Fred Astor tufayli 
urf bo‘ldi. Ommaviy modada erkaklar uchun belga yopishib 
turuvchi keng yelkali pidjak va qaytarma pochali shimdan 
tashkil topgan standart kostumlar keng yoyildi.
Sport kiyimi haqiqiy dam olish kiyimiga aylandi. Tennis 
va yelkan ostida suzish kabi yozgi sport turlarining rangi – 
oq rang 1930-yillarning birinchi yarmida eng ko‘p urf bo‘lgan 
ranglardan edi. Sport kiyimining o‘zida ham o‘zgarishlar ro‘y 
berdi: u kaltalashdi va nisbatan qulaylashdi. Ham ayollar, ham 
erkaklarning sport bilan shug‘ullanish uchun kiyimi sifatida 
shorti
1
lar keng tarqaldi. 
Trikotaj va undan tikilgan buyumlar: sviter, kardigan, 
jemper, puloverlar o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan edi. Kundalik 
libosga yozgi oyoq kiyimni sport kiyimidan olingan kalta oq 
paypoqchalar bilan kiyish usuli kirib keldi.
Ilk bor yoz paytida norasmiy sharoitda ayollar chulki 
(kapron paypoq) kiymasliklari mumkin bo‘ldi. 
Yangi urushga tayyorgarlik ko‘rilishi shu davrdagi 
zamonaviy libosda harbiylar kiyimi ta’sirining kuchayishiga 
olib keldi: jaketlarda charm belbog‘lar paydo bo‘ldi, charm 
palto va trenchkotlar, to‘ldiruvchilar sifatida hatto oqshom 
liboslarida ham pilotkalar modaga kirib kela boshladi.
1930-yillarning birinchi yarmidagi kundalik liboslarda, ay-
niqsa, ko‘ylaklarda, qiyalama bichimning konstruktiv chiziq larini 
1

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish