Ayollar libosi. XVIII asrda ayollar
libosiga karkas yubka yana qaytib keldi.
Korset orqa tomondan qattiq, ya’ni tortib bog‘lab qo‘yilgan.
Asrning ikkinchi yarmiga borib, panye ikki etakli, har bir etagi
bo‘ksaning bir tomoni uchun mo‘ljallangan va tesmalar bilan
biriktirilgan alohida-alohida fijmalar bilan almashdi. Ushby
asos ayollar libosi siluetini uchburchak shakliga kiritdi. Asr
boshiga kelib, mana shu karkas asosida ayollarning yangi
libosi – kuntush yoki Vatto skladkali ko‘ylagi paydo bo‘ldi. Bu
yengil bichimli, tor yelkali, beldan pastga qarab karkas asosida
kengaygan ko‘ylak bo‘lib, uning go‘zalligi orqa qismidagi
butun bo‘y bo‘ylab tushgan katta skladkalarida edi (39-rasm).
Libosni naqshli och rangli shoyi paypoqlar, baland, bukilgan
poshnali tuflilar to‘ldirib turar edi.
Ayollar libosining keyingi rivojlanish bosqichi uni ikki
uchburchak, ya’ni uchlari bel chizig‘ida uchrashgan shakliga
qaytardi. Qalin, qattiq, juda ochiq ko‘ylak lifi keng, yon
tomonlari juda katta shishirilgan yubka bilan uyg‘unlashdi.
83
Ko‘ylak gafreli pirpiraklar, bantiklar, rozetkalar va sun’iy gullar
bilan bezalgan (40–41-rasmlar). Libos tarixida 40-yillardan
boshlab katta, keng relyefli dekorlar eng ko‘p tarqalgan davr
boshlandi.
39-rasm.
40-rasm.
41-rasm.
70-yillar oxirida Fransiyada klassitsizm uslubidagi ingliz
modasi keng tarqaladi. Ayollar va erkaklar libosida aralash,
eklektik shakllar paydo bo‘ladi. U ichki tor ko‘ylak (lif va
yubka) va butun bichimga ega ustki oldi ochiq ko‘ylakdan
iborat bo‘lgan. Ichki ko‘ylak lifi ko‘krak va bo‘ksaga
yopishib turadi, tugmalanadi yoki bog‘ichlar yordamida
tortib qo‘yiladi. Chuqur va keng dekolte to‘r yoki gafrelangan
pirpiraklar bilan bezalgan. Ko‘ylakning yuqori qismi, ya’ni
lifi ham tor, dekolteli va ko‘krak chizig‘idan o‘tadi va
shu yerda katta bant bilan qoti rilgan. Chetlari jimjimador
ryushlar bilan bezalgan.
Katta bo‘yin o‘mizi ustiga, odatda, ko‘krak usti ro‘moli
tashlab yurilgan. Yenglar tor va uzun yoki 3/4 uzunlikda
unchalik katta bo‘lmagan manjetli. Ko‘ylak bilan birga yupqa
matodan, bezaklangan fartuk taqishgan. Liboslarning ikki
ko‘ylakdan iborat turi ancha hashamdor sanalgan. Libosning
84
yuqori va pastki qismlari mas sasi deyarli tenglashdi. Ustki
ko‘ylak sifatida uzun redingotlar (42-rasm), kaltalash tirilgan
kazakinlar (43-rasm), karako, frachkalar kiyilgan.
42-rasm.
43-rasm.
44-rasm.
XVIII asr ayollar soch turmagi va pariklar asri bo‘ldi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davrning birinchi yarmida soch turmagida uncha katta
bo‘lmagan ochiq peshonaga buklyali yoki lokonli turmaklar
urf bo‘lgan. 70–80-yillarda soch turmaklari
juda murakkab bo‘lib, ular hajman ham
kattalashdi.
XVIII asr oxirida ayollar o‘rtasida
baland poshnali tufli urf bo‘lgan. Qora
rangli tufli tantanavor marosimlarga,
jigarrang tuflilar sayr uchun mo‘ljallangan
bo‘lsa, qizil va oq rang zodagon ayollar
imtiyozi hisoblangan.
Bosh kiyimlar – chambarlar, setkalar,
diademalar, tuyaqush patli bashang
85
bog‘ichlar, duxoba va shoyi lentalar, yunoncha naqshli kalta
jingalak soch turmaklari yana urfda bo‘lgan.
Yorqin ranglardagi tuflilar tagcharmi tekis, past poshnali,
lentalar bilan bog‘ichlangan bo‘lib, yunon sandallari kabi
oyoqni o‘rab turgan.
Qulaylik, oddiylik, ishbilarmonlik kabi jihatlarni o‘zida
jamlagan ushbu davr moda yo‘nalishi ham yashashda davom
etdi. Erkaklar libosida to‘q jun matodan frak, yorqin jilet,
zamsh kyulotlar yetakchilik qildi (44-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |