Ish haqi sanoat xo‘jalik sub’ekidagi xodimlar daromadlarining eng muhim manbaidir. Lekin ish haqidan tashqari jamiyat a’zolarining daromadlari jamiyat iste’mol fondlari, davlatning sug‘urtasi, nafaqa ta’minoti, maorif va sog‘liqni saqlash, bolalar muassasalarini saqlash, sanatoriylar, kurortlarga va shu kabilarga qilinadigan xarajatlari bilan ham belgilanadi.
ishchilarning aybi bo‘lmagan va bekor turib qolishlar uchun to‘lanadigan haq;
tunda ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq;
akkord usulida to‘lanadigan haq;
ish haqi fondidan to‘lanadigan mukofotlar;
dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo‘yicha to‘lanadigan qo‘shimcha haq.
Qo‘shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to‘lanadigan haq bo‘lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ta’tillarga to‘lanadigan asosiy va qo‘shimcha haq;
o‘smirlarga imtiyozli soatlar uchun to‘lanadigan haq;
davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq;
tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.
Asosiy va qo‘shimcha ish haqlari bilan birgalikda ish haqi fondini tashkil etadi.
Ish xaqi hisoblashning sintetik va analitik hisobini tashkil etish.
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Hisob-kitobning bo‘nakli usulida korxona xodimiga bo‘nak beriladi, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘layotganda esa uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Ikkinchi holda ishchiga rejadagi bo‘nak o‘rniga oyning birinchi yarmi uchun haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha yoki haqiqatda ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblab yoziladi.
Korxona ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»;
6720 «Deponentlangan ish haqi».
6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
6720 «Deponentlangan ish haqi» schyotida xodimlarning olinmagan ish haqi bo‘yicha qarzlari aks ettiriladi. 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va 6720 «Deponentlangan ish haqi» schyotlari bo‘yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan.