Korxonaning investitsion faoliyati (2 soat) Reja


Korxona investitsiyalarining manbalari



Download 80,77 Kb.
bet2/11
Sana09.12.2021
Hajmi80,77 Kb.
#190304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari.

Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bolgan sobik ma’muriy-buyrukbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda xam jamgarma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) xisobiga amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni kaerdan olish va kaerga joylashtirish to‘grisida "boshi" og‘rimas edi. Ko‘shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat kilardi.

Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai quyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, qo‘shma korxonalar uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari.

Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi.

Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:


  • ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;

  • foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;

  • sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;

  • korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;

  • yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;

  • hayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.

Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:

  • markaziy va maxalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;

  • korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘gridan-to‘gri ko‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;

  • davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.

Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan kuprokni tashkil etadi.

Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tankisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.



Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashkari investitsion loyihalarni moliyalashtirish xamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar xam ishtirok etishi mumkin.

Investitsiyalardan (kapital ko‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar xisoblanadi:



  • yangi kurilish;

  • korxonani kengaytirish va qayta tiklash;

  • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;

  • harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.

YAngi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida kuriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.

Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.




Download 80,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish