Boshqaruv psixologiyasi
Reja
Boshqaruv psixologiyasi xaqida tushuncha.
Boshqaruv tizimida sub’ekt va ob’ekt. Boshqaruv psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Boshqaruv uslublari haqida tushuncha. Rahbarlik odobi. Rahbarlarning tinglash odobi.
Rahbarlarning o’z qo’l ostidagi xodimlarga psixologik ta’sir ko’rsatish shakllari. Rahbarning muomala madaniyati.
Rahbarda milliy dunyoqarash va ijtimoiy burch xissining shakllanib borishi.
1.Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha
Boshqaruv muammosi XX asrning oxiri va XXI asr boshlaridagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu holat inson omilining barcha ijtimoiy jarayonlardagi oshgan roli bilan izohlanadi. Bundan tashqari, insonlarning o'zida ham ilk yoshlikdan liderlikka ishtiyoq, xizmat lavozimlarida muvaffaqiyatga intilishga moyillik kabi shaxsiy sifatlar ham namoyon bo'la boshladi. Bunday ijtimoiy psixologik hodisalar eng avvalo boshqaruv sohasini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish, mehnat maxsuldorligi va insoniy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarda ushbu omilning ta’sirchan rolini oshirishni kun tartibiga dolzarb qilib qo'ydi.
Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan O'zbekiston uchun ham boshqaruv tizimini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyalarini yanad yuqori bo'lishi bilan bog'liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Psixologiya boshqaruv faoliyatining sub’ekti bo'lgan insonlarni o'rganda, ikkita kategoriya borligini e’tirof etadi. Bu - “rahbar” va “lider” tushunchalaridir. Birinchi tushuncha ko'proq rasmiy munosabatlar tizimida faoliyat ko'rsatadigan, asosiy vazifasi tashkilotning davlat va jamiyat oldidagi vakolatlarini yurituvchi shaxsga taalluqli bo'lsa, lider jamoa ichidagi norasmiy munosabatlarning mahsuli, jamoadagi ma’naviy-psixologik muhitga bevosita javobgar insonga nisbatan ishlatiladi. G'arbda lider tushunchasi bilan umuman boshqaruv tizimi muammolarini uyg'unlashtirishga intilish bor. To'g'ri, boshqaruv masalalariga aloqador “menejer”, “boss”, “shef” kabi qator tushunchalar ham bor, lekin ilmiy nuqtai nazardan ushbu fenomen liderlik doirasida amalga oshiriladi.
Agar ushbu hodisalarning tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, boshqaruv nazariyoti va amaliyoti sohalarida tadbiqiy ishlarning tashabbuskori F. Teylor hisoblanadi. Keyinchalik bu yo'nalish “ilmiy menedjment” deb atala boshladi. Teylor yangicha funksional ma’muriyatchilik tizimining asoschisi sifatida boshqaruv uslublariga, intizomiy sanksiyalar va rag'batlantirish tizimiga katta ahamiyat berish lozimligini ta’kidladi. U moddiy rag'batlantirishning alohida rolini ta’kidlagan tarzda, odamlardagi mehnatga motivatsiyaning asosi sifatida mehnatga haq to'lashning differensial tizimini tavsiya etdi.
Uning izdoshlaridan biri - D. Jilbert esa odamlar yaxshi va unumli ishlashlari uchun ularning ish joylarini va u erdagi shart-sharoitlarni yaxshilash shartligi g'oyasini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |