Korxonaning investitsion faoliyati (2 soat) Reja



Download 80,77 Kb.
bet1/11
Sana09.12.2021
Hajmi80,77 Kb.
#190304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Korxonaning investitsion faoliyati (2 soat)

Reja:

11.1 Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni.

11.2 Korxona investitsiyalarining manbalari.

11.3 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari.

11.4. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar.

11.5.Iqtisodiy samaradorlik.

11.6. Investitsiyalarning qoplanish muddati.

11.7. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari.


11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida xam ta’rif berish o‘rinli.

Investitsiyalar - bu yangi korxonalar kurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.

Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga ko‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maksadida xo‘jalik faoliyatiga ko‘yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy xususiyatiga ko‘ra, u yangi korxonalar kurishga, uzok muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog‘lik bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir.

Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yukori darajada daromad olish, samaraga erishish maksadida mutlok boshka davlat iktisodiyotining, tadbirkorlik va boshka faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.

Moliyaviy investitsiyalar kimmatbaxo kog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablaglarini banklarga foiz olish maksadida depozit xisob rakamlariga kuyish bilan ifodalanadi.

Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital kurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun milliy iqtisodiyotining kuch-quvvatini belgilab beradi.

Investitsiyalar avvaldan o`ylab kurilgan maqsad va birinchi urinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustaxkamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:


  • avaylangan (birlamchi jamg‘arilgan) kapitalni ko‘paytirish maksadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;

  • investitsion loyixalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlardir.

Investitsiya kiritishda, avvalo:

  • investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustakilligi va tashabbuskorligi;

  • kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo‘la olmaydi);

  • qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo‘lib hisoblanadi.



Download 80,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish