Yakuniy qaror qabul qilish. Bu bosqichda barcha kelishuvlar va maslahatlar yakunida yakuniy qaror varianti qabul qilinadi. Qaror og`zaki yoki yozma shaklda, buyruq, qaror, farmoyish yoki boshqa tarzda rasmiylashtirilib, ijro etuvchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Qarorni ijro etuvchilari o`rtasida majburiyatlar va vazifalarni taqsimlash. Qabul qilingan yakuniy qarorda uni ijro etuvchi va nazorat qiluvchilar o`rtasida vazifalarni, majburiyatlarni hamda javobgarlikni qat’iy tarzda taqsimlab qo`yilishi muhimdir. Bu holat qarorning ijrosi ustidan aniq nazorat olib borish va chetga chiqishlar aniqlanganda tegishli choralar ko`rish uchun imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishda faollik ko`rsatgan xodimlarni rag`batlantirish choralari ham oldindan belgilab qo`yilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |