Axborot yig`ish va vaziyatni tahlil etish. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish zaruriyati rejalashtirilgan tarzda yoki rejalashtirilgan parametrlardan chetga chiqish holatlari yuz berganligi to`g`risida xabar kelganda paydo bo`ladi. Muammoli vaziyatning vujudga kelganligi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda boshlang`ich manba bo`lib xizmat qiladi. Buning uchun vaziyatni chuqur tahlil etish lozim. Muammoni tahlil etish uning yechimini topishga imkon beradigan axborot yig`ish, uni qayta ishlash va tahlil qilishdan boshlanadi. Axborot yig`ish jarayonida muammoga tegishli barcha ijobiy va salbiy ma’lumotlarni to`plash maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |