Ko`rsatkichli va logarifmik funksiyalar


Matematika fanini o`qitishda qo`llaniladigan ta`lim metodlari



Download 1,21 Mb.
bet8/23
Sana10.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#773130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
kurs ishi Xolmatov D MO`M

1.2 Matematika fanini o`qitishda qo`llaniladigan ta`lim metodlari


Mamlakrtimizning kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta`lim tizimi va uni samaradorligiga erishish orqali har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan. Chunki rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimini o`rganish va tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ta`lim tizimida zamonaviy pedogogik va innavatsion texnologiyalardan keng va oqilona foydalangan holda uzviylikni taminlash ta`lim oluvchilarning fan asoslarini chuqur o`rganishiga va o`zlari ongli ravishda tanlagan kasb-hunar sirlarini mukammal egallashlariga bo`lgan qiziqishlarini oshishini ta`minlaydi. Shuningdek, axborot muhiti sharoitida mustaqil bilim olishga bo`lgan intilishlarini rag`batlantirgan holda, kundan-kunga axborotlar oqimi ortib borayotgan bir sharoitda ularda to`g`ri va oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohatlarining asosiy maqsadi ham ana shularga erishishni ta`minlashdan iborat.
Tan olish kerak, bunga erishishda o`qituvchining o`rni beqiyosdir.
Shunday ekan, hozirgi kun o`qituvchilar o`z kasbi nazariy asoslarini chuqur egallashlariga erishishgan bo`lishi bilan bir qatorda o`z pedagogik faoliyatlari jarayonida innavatsion texnalogiyalar va interfaol metodlar bilan yetarli darajada tanishgan bo`lishi hamda ulardan ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda unumli foydalana olish malakalarini shakllangan bo`lishi ham talab etiladi.
Ma`lumki an`anaviy ta`lim tizimida ta`lim oluvchilarga bilim berishda o`qituvchi bilimlar manbayi bo`lib xizmat qiladi. O`z davrida bu yo`l bilan ham malakali kadrlar tayyorlsh imkoniyati keng bo`lgan. Negaki u davrda:

  • Birinchidan, kundalik axborot oqimi yuqori bo`lmagan;

  • Ikkinchidan, ishlab chiqarishni olib qaraydigan bo`lsak, bir kasb-hunarni yetarli darajada egallagan mutaxassis 20-30 yilllab qiynalmasdan shu soha bo`yicha kasbiy faoliyat yurita olgan.

Chunki u boshqarayotgan texnologiya 30-40 yildan keyin o`z o`rnini boshqa yangi texnologiyaga bo`shatib bergan.
O`tgan asrning oxirlari, 21-asrning boshiga kelib, fan-texnika taraqqiyoti shu darajada jadallashdiki, natijada yangi deb bilgan texnologiya o`rnini bugun undan mukammal va samaradorligi yuqori bo`lgan texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular o`z boshqaruvchisidan yangi bilimlarni egallashni talab qilmoqda. Shunday ekan, hozirgi kunda har bir o`qituvchi o`z ta`lim oluvchini fundamental fanlar bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashiga erishishi bilan bir qatorda ularda uzluksiz ravishda mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirish talab etiladi. De`mak bugungi kun o`qituvchisi ham, ta`lim oluvchisi ham ta`lim jarayonining subyektiga aylanishi davr talabi bo`lib qoldi.
Bunga erishishning eng maqbul yo`li – zamonaviy ta`lim metodlarini bevosita va bilvosita ta`lim jarayoniga to`la tadbiq etish hisoblanib, bunga ta`limning zamonaviy metodlari hisoblangan interfaol metodlardan foydalaniladi.
Interfaol” so`zi inglizcha “inter” – “o`zaro”, “act” – “harakat qilmoq” so`zlaridan olingan bo`lib, “birgalikda harakat qilmoq”, degan ma`noni anglatadi.
Demak, yangi innavatsion texnologiyalar va interfaol metodlar yordamida pedagogik kadrlarni tayyorlashda ta`lim jarayonini tashkil etishda professor – o`qituvchilar vat ta`lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyati orqaligina yuqorida ta`kidlangan ta`lim maqsadlariga erishish mumkinligi kafolatlanadi. Shu asosda tayyorlangan kadrlar tomonidan umumta`lim maktablarida ta`lim jarayonini Innavatsion texnologiyalar va interfaol metodlar asosida tashkil etish:

  • Mashg`ulot jarayonida ta`lim oluvchilarning mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishlari uchun yetarli shart – sharoitlar yaratadi;

  • Ta`lim oluvchilarning yangi bilimlarni ongli ravishda egallashlarini ta`minlaydi va pirovardida ularda o`rganilayotgan fanga nisbatan doimiy mativatsiyani shakllanishiga olib keladi;

  • O`quvchilarn ongli ravishda kasb – hunar tanlashga bo`lgan intilishlarini rag`batlantiradi;

  • Tabaqalashtirgan holda, yakka tartibda bilim berish imkoniyatlarini kengaytiradi. Negaki, ongli ravishda kasb – hunar tanlash darajasiga erishgan ta`lim oluvchida o`z bilimlarini yanada oshirishga bo`lgan moyillik yuqori bo`ladi;

  • Yuqoridagilarga erishish o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi yoki oliy ta`lim tizimiga tavakkalchilik asosida yoki faqatgina diplom uchun o`qishga bo`lgan intilishlarni so`nishiga olib keladi, natijada malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatlari kengayadi.

Yuqoridagilarga amal qilgan holda ta`lim tizimi muammolarini hal qilish kelgusida bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozoridagi raqobatga bardosh bergan holda, u yerdan o`ziga munosib ishchi o`rnini egallay oladidan raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash imkoniyatini oshiradi.
“Innavatsion texnologiya” lar ta`lim oluvchilarning ham, o`qituvchilarning ham ichki imkoniyatlarini bir xilda qamrab oladi. Ya`ni ta`lim oluvchilarning fikrlashi, intelektual qobiliyati, shaxsiy intilishlar va boshqalarni, shuningdek, o`qituvchilarning ta`lim oluvchilariga o`zaro ta`sir etish usullari, o`z faoliyatini tashkil etish uslubi, kasbiy xulq-atvori, kasbiy-nazariy tayyorgarligi va boshqalar o`zaro keng qamrovli bog`liq bo`ladi hamda bunday texnologiyalar shaxsga yo`naltiruvchi hisoblanadi.
Bunday texnologiyada ta`lim oluvchi va o`qituvchi o`quv-tarbiya jarayonining subyekti sifatida qaralib, ularning o`zaro ta`sirini tashkil etish va o`zaro harakat, o`zaro yordam, ijodkorlik tamoyillari asosida hamkorlikni yo`lga qo`yishda bir xil mas`uliyat yuklanadi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish