Ko`pyoqliklar yon va to`la sirtlarining yuzlari(6 soat)
Prizma va piramidaning yon va to`la sirtlari.
Aylanish jismlari yon va to`la sirtlarining yuzlari(4 soat)
Sirtning yuzi haqida tushuncha. Silindr, konusning yon va to`la sirtlari. Sfera va uning bo`laklarining sirtlari.
Fazoviy jismlarning hajmlari(8 soat)
Hajm haqida tushuncha, hajmlarning asosiy xossalari. To`g`ri burchakli parallelepiped, prizma va piramidalarning hajmlari. Silindr, konus va sharning hajmlari.
Matematikadan o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalari monitoringini olib borishning metodik xususiyatlari
O`quv jarayonida monitoringni olib borilishi, matematika o`qituvchilarining oldiga qator vazifalarni qo`yadi va ularning metodik faoliyatlariga jiddiy ta`sir ko`rsatadi:
1.Matematika o`qitish davomida kutilayotgan ta`lim natijasiga, erishilganlikni aniqlash uchun qo`yilgan aniq maqsadlarga murojaat qilishga to`g`ri keladi.
2.O`qitish maqsadlarini shakllantirishda kutilayotgan natijalarni esdan chiqarmaslik lozim.
3.O`quv jarayonining maqsadlarini konstruktsiyalash, mavzuni mantiqiy matematik va didaktik tahlil qilishdan boshlanadi.
Ta`kidlash lozimki, alohida maqsadlarni aniqlashtirish darsning umumiy maqsadini shakllantirshda muhim ahamiyatga xizmat qiladi. Matematika o`qitishda ta`lim maqsadlarini puxta aniq shakllantirish, ta`lim natijalarini tashxislash va ta`lim jarayonini boshqarish, o`quvchilarda zarur ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ularni rivojlantirish va tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kuzatishlarimiz ko`rsatishicha o`qituvchi ta`lim maqsadlarini shakllantirishda ko`pincha o`quv dasturiga yoki muayyan mazmunga asoslanadi, ba`zan esa o`z faoliyati orqali ifodalangan hollar ham uchraydi. Masalan, “Yechish yo`lini ko`rsatish”, “ko`nikmani shakllantirish” va h.k. Bu hollarda o`qituvchi o`z maqsadlarini ifodalangan, bular kutilayotgan natijani ifoda etmaydi.
Matematika darslarining maqsadlarini shakllantirish holatini tahlil qilgan S.G.Manvilov dars maqsadlarini shakllantirishda quyidagi tipik xatoliklar uchrashishini ko`rsatib o`tadi:
maqsadlar darsning tuzilmaviy elementlari bilan almashtirib qo`yiladi. Masalan, “Natural sonlarni ko`paytirishning xossalari haqida ma`lumot bering”;
Ta`lim jarayonining birorta natijasiga erishishga yo`naltirilmagan mujmal maqsadlar. Masalan, ikki o`zgaruvchili ikkita tenglamalar sistemasini yechish yo`llarini asoslash;
Guruhning tayyorgarligi va mavjud darsning o`rnini hisobga olmagan holda shakllantirilgan umumiy maqsadlar. Bunday maqsadlar bir necha darslarni nazarda tutib shakllantirilgan bo`ladi. Masalan, “O`quvchilarda kvadrat tenglamalarning yechish ko`nikmalarini shakllantirish”;
Matematikadan ta`lim maqsadlarini konstruktsiyalash o`quv jarayonini darajasida qaraladigan bo`lsa, nazariy mazmunni va masalali materiallarini mantiqiy – matematik va didaktik tahlil qilishdan boshlanadi.
Mantiqiy didaktik tahlilni amalga oshirish quyidagi xatti-harakatlarni ketma-ket bajarishni toqozo etadi:
1. Mavzuni o`qitish maqsadlarini aniqlash.
2. Mavzuni mantiqiy matematik tahlil qilish.
3. Asosiy o`quv vazifalarini qo`yish.
4. Asosiy o`quv vositalarini va metodlarini tanlash.
5. Tashxislanuvchi maqsadlarni qo`yish.
6. Tashxislash uchun topshiriqlarni ishlab chiqish.
7. Mavzuni o`rganish davomida o`quvchilar faoliyatini nazorat qilishning va baholashning shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |