Korrupsiya


«O‘zbekona oila tarbiyasidagi qusurlar ham jiddiy ahamiyatga ega» — Mansur Bekmurodov, sotsiologiya fanlari doktori, professor



Download 37,49 Kb.
bet5/5
Sana12.06.2022
Hajmi37,49 Kb.
#658195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrupsiya tushunchasi

«O‘zbekona oila tarbiyasidagi qusurlar ham jiddiy ahamiyatga ega» — Mansur Bekmurodov, sotsiologiya fanlari doktori, professor
— O‘ylashimcha, bugungi o‘zbek jamiyatidagi korrupsiya holatining uch ildizi mavjud. Bu ildizlar quritilsa, jamiyatimiz halol hayot kechirishga o‘tadi.
Birinchi ildiz – sobiq sovet davrida, davlat idoralarining aksariyat xodimlari «davlatdan yulishni», jamoa mulkini o‘g‘irlashni yalpi harakatga aylantirib olgan edilar. Zavodlarning ishchilari o‘zlari ishlab turgan korxonada nima ishlab chiqarilsa, ishxonasidan uyiga tashir edilar. Pripiska, tanish-bilishchilik yalpi tus olgan edi. Poraxo‘rlik esa oddiy holat bo‘lib qolgan edi. Bu holat deyarli 70 yil davom etdi. Undan oldinroq esa, ya'ni Chor Rossiyasi davrida mingboshilardan tortib yuzboshilik lavozimlariga o‘tish ham pora orqali bo‘lgan. Demak, bu ildizning umri deyarli 130 yil bo‘lgan.
Ikkinchi ildiz – keyingi 25 yil. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng ham korrupsiyaga qarshi kurashish tizimli emasdi. Davlat va jamiyat boshqaruvida vertikal ta'sir kuchaytirilgan, gorizontal boshqaruv esa yo‘lga qo‘yilmagan edi. Odamlar qo‘rquv ostida ushlab kelindi. Qo‘rquv ostidagi fuqarolar esa davlat idoralari ishini nazorat qila olmadi.
Uchinchi ildiz – korrupsiyaga qarshi kurashishda oshkoralik, ochiqlik muhiti yo‘qligi. Shuningdek, o‘zbekona oila tarbiyasidagi qusurlar ham jiddiy ahamiyatga ega.
Oilada to‘g‘rilik tarbiyasini bola tilga kirishi bilan boshlash o‘rniga hayotga endi kirib kelayotgan bolaga vaziyatga qarab ish tutish tarbiyasi, ya'ni («Begona so‘rasa, meni uyda yo‘q deb ayt», «Puling borligini hech kimga aytma», «Bu ishlarni onang bilmasin», «Agar bu ishni qilsang, dadang kelsa aytib bermayman») qabilidagi yondashuv bilan yolg‘onchilik tarbiyasini beramiz.
Davlat va jamiyatda bu illatga qarshi samarali kurashish uchun quyidagi ishlarni ham qilish zarur.

  • Davlat idoralari xodimlari va rahbarlar uchun muammolarning yechimiga noxolis yondashuvdan ko‘ra, xolis yondashuvning afzalliklarini anglatish. Bunday yondashuvni, ya'ni to‘g‘ri yashash va ishlashni ongli ravishda istamaydiganlarni egallab turgan lavozimidan chetlatish.

  • Korxonalar ixtiyoridagi maxsus mablag‘larni taqsimlash ishlarini eski qoidalar asosida emas, balki jamoat kengashlari qarori bilan xodimlarga berish, nostandart rag‘batlantirish tartibini joriy etish kerak.

  • Har bir rahbar uchun maslahat olib qaror qilish, buyruqlar chiqarish oldidan fikr-almashuv tizimini joriy etish zarur.

  • Noxolis, yolg‘onchi, poraxo‘r iymondan chiqqan odam ekanini har kuni ijtimoiy tarmoqlar va televideniye ko‘rsatuvlari orqali berib borish lozim.

  • Davlat boshqaruv organlari sonini optimallashtirish, faoliyatni takrorlash holatlariga barham berish, bir ishni bir necha tashkilot tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

  • Sud-huquq tizimida lavozimlarga tayinlashda da'vogarning kasbiy mahorat, halollik, fidoyilik fazilatlari bilan birga jamoatchilik fikri asosida qaror qabul qilish amaliyotini keng yo‘lga qo‘yish zarur. Poraxo‘rlikka qarshi samarali kurashishda Singapur tajribasidan keng foydalanish zarur.

Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”



Download 37,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish