Korrupsiya



Download 37,49 Kb.
bet1/5
Sana12.06.2022
Hajmi37,49 Kb.
#658195
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrupsiya tushunchasi


Korrupsiya tushunchasi
Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat Korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik Korrupsiya koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.[
1. Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Аdliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi 2018-2019 oʼquv yilida yu.f.n., dotsent G.Аlimovning «Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi» mavzusidagi monografiyasi tayyorlanib chop etildi, i.f.d., professor B.Isroilov (mualliflar jamoasi) tomonidan 2018 yil dekabrda Sankt-peterburg politexnika universiteti olimlari bilan xammualliflikda “Современная система противодействия отмыванию преступных доходов и финансированию терроризма” ва “Экономическая безопасность” oʼquv qoʼllanmalari chop etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G.Аlimov va B.Isroilov ham muallifligida “TТеневая экономика, коррупция, взяточничества: уголовно-проавовая оценка” nomli monografiyasi tayyorlanib chop etishga topshirildi.
Shuningdek, Yuristlar malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi tinglovchilar guruhlari uchun, markaz Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrurpsiyaga qarshi kurashning halqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida maʼruzalar oʼqib kelinmoqda.
2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi.
Markaz mutaxassislari va professor-oʼqituvchilari respublikamiz miqyosida oʼtkazilgan korrupsiya mavzusiga oid oʼnlab ilmiy amaliy konferentsiya, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining hamda Аdliya vazirligini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlarini ijrosini ham oʼz vaqtida taʼminlab kelmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi bundan keyin ham respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga oʼz xissasini qoʼshib boradi
03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son









O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Download 37,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish