Korrupsiya


-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari



Download 37,49 Kb.
bet3/5
Sana12.06.2022
Hajmi37,49 Kb.
#658195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrupsiya tushunchasi

4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. 

2. Korrupsiyaning salbiy illatlari avvalo uning demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishida namoyon boʻladi. Korrupsiya oqibatida inson xuquq va erkinliklari qoʻpol ravishda buziladi, qonunlarga hurmat ruhi pasayadi, iqtisodiy rivojlanish izdan chiqadi, eng daxshatlisi davlat va jamiyat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik keng yoyilishiga sharoit yaratiladi. Har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon boʻladi.


Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.

O‘zA muxbiri O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboevning korrupsiyaning jamiyat hayoti uchun xavfi, unga qarshi kurash usullari, rivojlangan davlatlar tajribasi, bugun mamlakatimizda bu borada qilinayotgan ishlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.


– Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi.
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”.
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!".
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida quyidagi pandni bergan edi:
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”.
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur davlatlar fuqarolari va davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda.
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi.
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan (korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 gacha. 
Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy etilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. Yoshlarning oliy ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech kimga sir emas.
To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro va milliy huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda qatnashgan shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan erkin foydalanish va bu borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda muhim qadam bo‘ldi.
Taassufki, korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ijtimoiy illatning tomirlarigacha yetib borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktabr oyidan boshlandi. Shu yilning 14 oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan ko‘rayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat’iyat bilan tashkil eta olishining huquqiy asoslari yaratildi.
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ular muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir jinoyatlar sub’ektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi. Bundan tashqari, pora va’da qilganlik yoki taklif etganlik, g‘ayriqonuniy tarzda boylik orttirganlik, ta’sir doirasini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek, sudyalar va deputatlarning xizmat rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar ishlab chiqildi.
“Elektron hukumat”ning korrupsiyani kamaytirishdagi roli e’tiborga olinib, uni boshqaruv tizimiga keng joriy qilish boshlandi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridan yuzdan ortig‘ini amalga oshirish elektronlashtirish va yagona elektron davlat portalini yaratish vositasida bajarildi. Keyingi vaqtda me’yoriy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazib borish an’anasi shakllandi. Shuningdek, biznes sohasida ta’magirlikka sabab bo‘ladigan tartibsizliklarga chek qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etish va ular samaradorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari belgilandi. Savdo-sanoat palatasi “Biznes yuritish odobi kodeksi”ni qabul qildi. Ayni chog‘da, kichik va o‘rta biznesga (xususiy korxonalarga) ichki nazorat tizimini barpo etishda ko‘maklashish chora-tadbirlari ishlab chiqish va qabul qilish rejalari hozirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi. 2018 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 12-moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb nomlanib, unda “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi”, degan qoida belgilandi. Shuningdek, mazkur qonun kuchi bilan bu sohada davlat xizmati ko‘rsatishning shaffof tizimi shakllantirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”. 
3. Hokimiyatga pul bilan erishgan odam undan daromad olishga intiladi. Aristotel
Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

Download 37,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish