O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI» fakulteti
«SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI » kafedrasi
«Korporativ risklarni boshqarish » fanidan
“Korporativ boshqaruvda risklarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Samanov A. A.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti
5231900 - korporativ boshqaruv yo‘nalishi
bo‘yicha 3-kurs 108-19(KB) guruh talabasi
Xasanova Iroda
TOSHKENT-2022
Mavzu: Korporativ boshqaruvda risklarni boshqarishni takomillashtirish yo’llari
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………...3
I BOB. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporatsiyalarda risklarni boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari.
1.1. Korporatsiyalarda risklarni boshqarishning mohiyati ……………………......4
1.2. Korporatsiyalarda risk boshqaruvi jarayoni va maqsadlari…………………...6
1.3. Risklarni boshqarishning asosiy bosqichlari……………………….………...12
II BOB. Korporativ boshqaruvga asoslangan korporatsiyalarda risk menejmentni tashkil etishning amaliy holati.
2.1. ISO 31000 Enterprise risklarni boshqarish tizimi va uning afzalliklari……...14
2.2. “Uzbekneftgaz” AJda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va risk menejmentining tashkil etilishi…………………………………………………...19
2.3. Korporativ tuzilmalarda risklarni boshqarish tizimini yanada rivojlantirish yo’llari…………………………………………………………………………….25
Xulosa………………………………………………………………………….....29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Thomson Reuters kompaniyasi, hamda strategik boshqaruv qarorlari tahlili instituti (ISAR) tashkilotlarning risk boshqaruvi sohasida noyob tadqiqod oʻtkazdilar. Soʻrovda qatnashgan ekspertlarning 70% risk-boshqaruvida miqdoriy metodlarning ahamiyati togʻrisida ta’kidlashgan. 80% ekspertlar risklarni boshqarishni tashkilot boshqaruviga uygʻunlashuvi kerakligi, shuningdek, A.Sidorenko klassik risk boshqaruvdan riskka yoʻnaltirilgan boshqaruvga oʻtish kerakligi haqida toʻxtalishgan, biz ulardan asosiy gʻoyalarni ajratib olganimizda quyidagilarga ega boʻldik: risklarni baholashdan koʻra risklar tahlilini biznes jarayon va qarorlarga integratsiyasiga oʻtishi, ya’ni biznes qarorlarni risklarni hisobga olgan holda qabul qilish kerakligini ta’kidlashgan. Shunga koʻra, kelajakda risklar faqatgina tahlil metodi boʻlmay, risklar tahlili qaror qabul qilish uchun natija emas, zarur instrument sifati qaraladi. Har bir risk turlicha yondashuvni talab qiladi.
Frank Xerdman, soʻrov jarayonida, agar yuqoridagi keltirib oʻtilgan jarayon amalga oshirilsa, turli xil riskni baholash metodlari kerak boʻlishini aytib oʻtgan. Bunday yondashuv “Enterprise wide Risk Management” deb nomlangan, umumkorporativ risk boshqaruvidan tubdan farqlanadi. Ehtimol, risk boshqaruvi kelajakda bir yondashuvli emas, balki har bir jarayonga yoki har bir qarorga oʻzining riskini baholash metodlari, shu bilan birga risklar oʻzining mezon va instrumentlariga ega boʻlar. Google kompaniyasi risk menejeri Erik Yang: “Risk-menejer riskni baholashdagi oʻz vakolatlarini hamkasblariga yoyishda faol ishtirok etish kerak”1, deb hisoblaydi.
Koʻpgina kompaniyalar (84%) risklarni boshqarishda qaror qabul qilish bilan tizimli birlashuvi kuzatilmagan, shunga qaramasdan, soʻrov oʻtkazilgan kompaniyalarning 52% ma’lum bir qarorlar uchungina risklar tahlili amalga oshirilishi aniqlandi. Soʻrov qilingan kompaniyalarning 70% risk tahlili hujjatlashtirilmaydi yoki tizimsiz ravishda amalga oshirilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |