1-jadval
Ichki risk turlarini tasniflash
Risk turi
|
Risk tavsifi
|
Loyihaviy
|
Loyihaviy ishlanmalar, loyihaviy hujjatlarda xatolar yuzaga kelishi riski
|
Texnik
|
Texnik qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish va noto‘g‘ri texnik qarorlar riski
|
Texnologik
|
O‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaslik va tekshirilmagan texnologiya va usullarni tatbiq etish riski
|
Tashkiliy
|
Rejalashtirish, ishlarni samarasiz muvofiqlashtirish xatolari yuzaga kelish riski va h.k.
|
Operatsion
|
Noto‘g‘ri baholar, ishlarni bajarish muddatlari o‘zilishi, ijrochining xatolari tufayli loyiha byudjetining qayta taqsimlash riski va h.k.
|
Har xil vaziyat turlari ichida, risk vaziyati alohida o’rin tutadi.Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya’ni mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo‘lmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa u risk vaziyati bo‘ladi.
Bu yerda tavakkalchilik vaziyati statistik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, unga mavjud bo‘lgan uchta shart hamrohlik qiladi: degan xulosa kelib chiqadi. Ularga:
noaniqlikning (mavhumlikning) mavjudligi;
muqobil (alternativ) tanlovning zarurligi (bu holda, shuni ham nazarda tutish kerakki, tanlovdan voz kechish bo‘yicha tovlash ham tanlov xilma-xilligiga doir bo‘ladi).
tanlangan muqobil variantni amalga oshirish ehtimoliyatini baholash imkoni borligi kiradi.
Shuni qayd etish lozim-ki, risk vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati amalda o‘rnatish imkoni bo‘lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo‘lish ehtimoliyatidir.
Shunday qilib, risk vaziyatini aniqlanishi mumkin bo‘lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb ta’rif berish mumkin.
Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo‘luvchi hodisalar ehtimolini obyektiv baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Tavakkalchilik - bu mumkin bo‘lgan noaniqliklarda ma’lum hajmdagi faoliyatni bajarish, ya’ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir.
Ko‘p hollarda tadbirkor ma’lum bir risk asosida ishlab chiqarishga majbur. Majburiy riskda riskni boshqarish uchun mumkin bo‘lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi.
Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi riskga yo‘l qo‘yamiz:
1) riskni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish;
2) mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.
Risklarni boshqarish – odatdagi optimizatsion vazifa bo‘lib, uni hal qilishga yordam berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dasturiy mahsulotlar bor. Biroq asosiy qiyinchilik boshlang‘ich ma’lumotlarning aniq emasligidan iborat. Albatta, barcha tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar uchun pul ifodasini olish, hamma narsani tiyinigacha hisoblab chiqishga harakat qilib ko‘rish mumkin, biroq bundan katta naf ko‘rilmaydi. Shartli birliklardan foydalanish amaliyroq natija beradi. Aktivlarni, ya’ni tashkilot himoyalashga harakat qiladigan resurslar va boyliklarni identifikatsiya qilishda nafaqat axborot tizimining tarkibiy qismlarini, balki qo‘llab-quvvatlaydigan infratuzilmani, xodimlarni, shuningdek, tashkilot nufo‘zi kabi nomoddiy boyliklarni ham hisobga olish lozim. Bu yerda boshlang‘ich nuqta tashkilot missiyasi, ya’ni har qanday holatda ham saqlab qolish maqsadga muvofiq (yoki zarur) bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida tasavvur hisoblanadi. Obyektga yo‘naltirilgan til bilan ifodalaganda, abstrakt (mavhum) obyekt sifatida ko‘rib chiqiladigan tashkilotning tashqi qiyofasini tavsiflash lozim.
Jarayonning asosiy natijalaridan biri aktivlari identifikatsiya qilishdir. Shuningdek, tashkilotning axborot sturkturasi va undan foydalanish usullari haqida batafsil axborot olish hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni axborot tizimi kartasiga mos keluvchi obyektlarning chegaralari sifatida chizib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Risklarni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar mohiyati shundan iboratki, ularning hajmini baholash, risklarni pasaytirish bo‘yicha samarali va tejamkor choralar ishlab chiqish, so‘ngra risklar maqbul keladigan doirada bo‘lishiga ishonch hosil qilish zarur. Risklarni boshqarish davriylik asosida almashib turadigan ikki xil faoliyat turini o‘z ichiga oladi:
risklarni baholash;
samarali va tejamkor himoya vositalarini tanlash.
Aniqlangan risklarga nisbatan quyidagi harakatlar amalga oshirilishi mumkin:
riskni bartaraf qilish (masalan, uning sababini yo‘qotish hisobiga);
riskni kamaytirish (masalan, qo‘shimcha himoya vositalaridan foydalanish hisobiga);
riskni qabul qilish (va mos keluvchi sharoitlarda harakatlar rejasnii ishlab chiqish);
riskni qayta yo‘naltirish (masalan, sug‘urta bitimi tuzish yo‘li bilan).
Do'stlaringiz bilan baham: |