«Korporativ risklarni boshqarish» fanidan


Risklarni boshqarishning asosiy bosqichlari



Download 67,35 Kb.
bet5/10
Sana26.06.2022
Hajmi67,35 Kb.
#706507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. Xasanova Iroda

1.3. Risklarni boshqarishning asosiy bosqichlari

Risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:


1) tahlil qilinadigan obyektlarni va ularni ko‘rib chiqi uchun detallashtirish darajasini tanlash.
2) risklarni baholash metodologiyasini tanlash.
3) aktivlarni identifikatsiya qilish.
4) tahdidlar va ularning oqibatlarini tahlil qilish, himoyadagi zaif nuqtalarni aniqlash.
5) risklarni baholash.
6) himoya choralarini tanlash.
7) tanlangan choralarni amalga oshirish va tekshirish.
8) qoldiq riskni baholash.
Sanab o‘tilgan bosqichlar shuni ko‘rsatadiki, risklarni boshqarish davriy jarayon hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra, oxirgi bosqich bu – yana boshiga qaytishga ko‘rsatma beruvchi davr yakuni operatoridir. Risklarni doimiy nazorat qilish, vaqti-vaqti bilan ularni qayta baholash zarur. vijdonan bajarilgan va puxtalik bilan hujjatlashtirilgan dastlabki baholash keyingi faoliyatni sezilarli darajada soddalashtirishi mumkin. Risklarni boshqarish, axborot xavfsizligi sohasidagi boshqa har qanday faoliyat kabi, hayotiylik davriga integratsiya qilinishi lozim. Shunda samara eng katta, xarajatlar esa – minimal bo‘ladi.
Initsiatsiya bosqichida ma’lum bo‘lgan risklarni butun tizimga, xususan, xavfsizlik vositalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda hisobga olish lozim. Xarid (ishlab chiqish) bosqichida risklarni bilish xavfsizlikni ta’minlashda asosi rol o‘ynaydigan mos keluvchi me’moriy qarorlarni tanlashga yordam berishi mumkin.
Yo‘naltirish bosqichida aniqlangan risklarni ilgari ifodalangan talablarni sinab ko‘rish va tekshirishda hisobga olish, risklarni boshqarish to‘liq sikli esa tizimni foydalanishga topshirishdan oldin kelishi lozim.
Ekspluatatsiya bosqichida risklarni boshqarish tizimdagi barcha jiddiy o‘zgarishlarga hamrohlik qilishi lozim.
Tizimni ekspluatatsiyadan chiqarishda risklarni boshqarish ma’lumotlarning ko‘chib o‘tishi xavfsiz tarzda ro‘y berishiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o`z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma‘qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.
Har qanday korxonada risk bilan birgina menejrning o‘zi kurashishi samarasiz, chunki kichik tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik, rahbarlar darajasida faollashdi. O‘rta va yirik tashkilotlar javobgar individual menejerlar orasida taqsimlanadi. (Masalan, aksiyadorlik jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalari, neft-kimyo va energetika sanoati, aviatsiya va kosmik sanoati, transport kabi) yuqori risk muhitda faoliyat yuritadigan yirik tashkilotlar va tashkilotlarda belgilangan mutaxassis (riski menejeri) ish olib boradi. Risk (zarar), shuningdek qarshi ta’siri, moliyaviy faoliyatda bilinadi va moliyaviy rejalashtirish ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, deb deyarli har doim menejerlar tomonidan takrorlanadi.
Riskni boshqarishning ob’yektiv zarurligi quydagilar bilan tavsiflanadi:3
Birinchidan, ishonchli texnologiyalar bo‘lishidan qat’iy nazar yengil va og‘ir sanoat zavodlarini operativ boshqarish jarayonida ham xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun juda muhim omil hisoblanadi.
Ikkinchidan, bozorlar va tarmoqlarni iqtisodiy erkinlashtirish tufayli rahbarlar tomonidan bosim o‘tkazishi, boshqaruv xodimlari va tashkilotning ham iqtisodiy tejamkorligini oshirish va daromadliligini ko‘paytirish natijasida sohalarida tashkiliy tuzilmasida o‘zgarishlarga olib kelishini oldini oladi. Shu bilan birga operativ ahamiyati xodimlar sonini kamaytirish kabi ish jarayonini sustlashtiruvchi omillardan holi bo`lishdir.
Uchinchidan, kichik va o‘rta kompaniyalar uchun, muayyan qo‘llab-quvvatlash zarurligi shundaki, sanoatning turli tarmoqlarida tajribasizlik tufayli kelib chiqadigan avariyalar risklarni boshqarishning muhimligini ko‘rsatadi.
Ba’zan riskni boshqarish xavfsizlik boshqaruvining bir turi sifatida ko‘riladi, lekin amalda risklarni boshqarish xavfi asosiy va muhim qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘z ichiga olgan boshqa masalalar xususan boshqarish, moliyaviy xatarlar, eksport va import xavflari tabiiy ofatlar ham risklarni boshqarish jarayonida albatta hisobga olinadi.



Download 67,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish