Mavzuning maqsadi
Kurs ishining asosiy maqsadi mavzuning dolzarbligini anglagan holda Koreya iqtisodiyotini analiz qilishdan iborat. Bu jarayon iqtisodiyotning har bir sohasini yaqindan o’rganib, erishilgan natijalar va tarmoqlardagi muammolarni tahlil qilishni, shuningdek, iqtisodiy sikldagi baland-pastliklarni raqamlar bilan grafik va diagrammalar ko’rinishida modellashtirishdan iborat.
Har bir tarmoq yaqindan tahlil qilinib, analiz natijalari sintez qilingach, kurs ishidan ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Mavzuning vazifasi
Ushbu kurs ishini yozish uchun Koreya Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy tomondan o’rganildi. Bu jarayon mamlakatning milliy manbalari va xalqaro tashkilotlar bergan hisobotlarga asoslanadi.
Mavzuning vazifasi - tahlil natijalaridan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlarini kategoriyalarga ajratgan holda alohida, o’quvchiga tushunarli tarzda yoritib berish.
Bundan tashqari, mavzu mamlakat tarixi hamda uning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va O’zbekistonda uchun ahamiyati haqida ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |