Korporativ boshqaruv


Mamlakat haqida umumiy ma´lumot



Download 8,32 Mb.
bet7/30
Sana26.08.2021
Hajmi8,32 Mb.
#156617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Koreya iqtisodiyoti

1. Mamlakat haqida umumiy ma´lumot
K oreya Respublikasi Sharqiy Osiyoning Koreys yarimorolida joylashgan. Uning maydoni 97 230 km² bo’lib, yarimorolning qariyb 45 foizini tashkil etadi. Mamlakat shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, sharqdan Yapon dengizi, janubdan sharqiy Xitoy dengizi va g’arbdan Sariq dengiz bilan chegaradosh. Poytaxti – Seul shahri. 2020-yil may holatiga ko’ra Koreya aholisi 51 milliondan ortiq kishini tashkil etgan1. Rasmiy tili - koreys tili.

Hukumat prezident boshqaruviga asoslangan bo’lib, hozirda davlatni 2017-yil 24-yanvarda saylangan 19-prezident, Mun Chje In boshqarmoqda.

Oltinchi ilovada Koreya Respublikasi aholisi sonining 20 yil (2000 – 2020) mobaynida o’zgarib borishi va keyingi 4 yil uchun qilingan prognozlar keltirilgan. Diagrammaga ko’ra, 2000 – 2016-yillarda 0,4 – 0,7% barqaror o’sish darajasi kuzatilgan, ammo keyingi 4 yilda bu ko’rsatkich 0,1 – 0,2% ga pasaygan. Joriy yilning may oyi holatiga ko’ra mamlakat aholisi qariyb 51 270 000 kishini (dunyo bo’yicha 28-o’rin) tashkil etadi. BMT ning prognoziga ko’ra, Koreya aholisi 2025-yilgacha juda past o’sish darajasi bilan o’zgarib borishi va 2026-yildan boshlab aholi sonining kamayishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi, Janubiy Koreyaning tug’ilish darajasi eng past bo’lgan mamlakat deb tan olinganidir.

Koreya Respublikasining hududi O’zbekiston hududidan qariyb 4,5 baravarga kichik bo’lishiga qaramay, joriy yilda aholisi 17,8 million kishiga ortiq. Shunga muvofiq tarzda, Koreyada aholi zichligi 527 kishi/km2 ni, O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 79 kishi/km2 ni tashkil etadi.

“Statistics Time” xalqaro reyting kompaniyasi 2019 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko´ra Koreyaning nominal YaIM hajmi 1,629 530 mlrd. AQSh dollari, 2019 yil yakunlari bo´yicha XVF ma´lumotiga ko´ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo´yicha esa 31,250 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 12 o’rinida turadigan mamlakat2. Ushbu reyting kompaniya tomonidan mamlakatning 2024 yilga borib YaIM hajmi 1,988 mlrd3. AQSh dollari bashorat qilinmoqda4. Koreya Respublikasi 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a´zo bo´lgan5.

60-yillardan boshlab Koreya o'zini kambag'al agrar jamiyatdan dunyoning eng yuqori rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirdi. Koreya 1996 yilda Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotiga (OECD) a'zo bo'lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatga aylanish sari qadam qo'ydi. Og'ir sanoat, jumladan, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik va neftni qayta ishlash yuqori rivojlangan. Elektronika, bioinjenerlik va aerokosmik kabi yuqori texnologiyali sohalarga e'tibor qaratildi va xizmat ko'rsatish sohasi sezilarli darajada o'sdi. Dunyo bo'yicha eng ko'p xom neft import qilinadigan beshinchi mamlakat hisoblanadi. Xom neft iste'moli bo'yicha Janubiy Koreya to'qqizinchi o'rinni egallaydi.6

Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti Osiyoda to'rtinchi, dunyoda esa 12-o'rinda turadi. Janubiy Koreya dunyodagi eng kambag'al davlatlardan biri bo’lib, yuqori daromadli mamlakatga aylangani bilan mashhur. Hozirda, mamlakat bir qator taraqqiy etgan transmilliy kompaniyalari, jumladan, “Samsung”, “Hyuindai Motor Company”, “LG Electronics”, “GM Korea”, “SK Group”.

Inson taraqqiyoti indeksiga ko´ra, mamlakat yuqori turmush darajasiga ega, 22-chi o’rinni egallaydi. Koreya kichik davlat bo’lishiga qaramay dunyoda o’ttiz uchinchi o´rinda turadigan oltin zaxiralariga egalik qiladi. 2014 yildan beri Janubiy Koreya “Bloomberg Innovation Index” tomonidan ketma-ket 6 yil davomida dunyodagi eng innovatsion mamlakat deb tan olindi. XXI asrdan beri Janubiy Koreya o'zining K-pop, TV dramalari va kino kabi Koreya to'lqini deb nomlanuvchi fen madaniyati bilan dunyoga tanildi.




Download 8,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish