Korporativ boshqaruv” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi


II. BOB: DUNYO MAMLAKATLARI TARIXIDA BO`LIB O`TGAN MOLIYAVIY INQIROZLAR



Download 128,08 Kb.
bet6/8
Sana25.01.2023
Hajmi128,08 Kb.
#902714
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI AYUBXON 2022 17.05

II. BOB: DUNYO MAMLAKATLARI TARIXIDA BO`LIB O`TGAN MOLIYAVIY INQIROZLAR
21. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining iqtisodiyotga ta’siri
Dunyo tarixida qator jahon inqirozlari roʻy bergan. Bugungi pandemiya sharoitida bu kabi boʻhronlarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini chuqur oʻrganish hamda tadqiq etish har doimgidan ham dolzarbdir. Jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotga misli ko`rilmagan darajada talofat yetkazgan. Jumladan ularning ayrimlariga to`xtalamiz.
1929 —1933 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi yoki Buyuk depressiya. Ushbu iqtisodiy inqiroz “Buyuk depressiyasi” nomi bilan mashhur boʻlib, oʻzining juda katta salbiy oqibatlari va dunyo iqtisodiyotiga koʻrsatgan ijtimoiy-iqtisodiy zararining koʻlamdorligi bilan eng koʻp oʻrganilgan hamda koʻplab tadqiqotlar olib borilgan inqirozlardan biri boʻlib hisoblanadi. Inqiroz iqtisodiy faollikning keskin pasayganligi, asosiy jahon valyutalarining oltin standartidan voz kechganligi, ishsizlar sonining keskin oshganligi va oʻzining iqtisodiyotga koʻrsatgan zarari, isteʼmol hajmining pasayib ketganligi bilan tarixda chuqur iz qoldirgan.
Mazkur inqiroz Nyu-York fond birjasida sodir boʻlgan tanazzuldan boshlangan boʻlib, maʼlumotlarga koʻra 1929-yilning 28-29-oktyabr kunlari birjaning asosiy indekslari birdaniga 25 foizga pasayib ketishi sodir boʻlgan. Ushbu holatni bartaraf etish va oldingi holatga keltirish uchun qilingan saʼy-harakatlarga qaramasdan narxlarning qulashi davom etavergan. 1933-yilda oʻzining yuqori choʻqqisiga chiqib, Dou-Djons indeksining 83 foizga pasayishi, yaʼni 365 dan 63 punktga pasayib ketganligiga qayd etilgan. Mazkur holat asta-sekinlik bilan butun Amerika iqtisodiyotini, xususan, tarmoq va sohalarning butunlay parokanda boʻlishiga olib kelgan.
Fond birjasining tanazzulidan bir yil oʻtar-oʻtmas tijorat banklarining birma-bir yopilishi sodir boʻla boshlagan. 1929-1933-yillar oraligʻida AQSHda 9000 tijorat banki oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Oʻsha paytda faoliyat yuritgan korxonalarning 2/3 qismi yopilib, moliyaviy tizim qariyb majruh holga tushib qolgan edi. Buning oqibatida xalqaro kapitallarning ayirboshlanishi va harakatining izdan chiqishi vujudga keladi.
1929-1933-yillar oraligʻida AQSHning yalpi ichki mahsuloti 46 foizga, isteʼmol tovarlari narxi indeksi esa, 32 foizga pasaygan. Fermerlarning talafoti esa, boshqa tarmoq va sohalarga qaraganda yana-da ayanchliroq kasb etib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi 60 foizga pasayib, iqtisodiyotda ishsizlar soni oʻzining misli koʻrilmagan darajasiga yetib keladi. 1933-yil holatiga jami mehnat resurslarining 25 foizi oʻz ish oʻrinlaridan ayrilib, ishsizlar armiyasini yuzaga keltirgan edi.
1930-yilning iyulida Amerika iqtisodiyotini tashqaridan kirib kelayotgan tovar va xizmatlar va kuchli raqobatdan himoya qilish maqsadida import uchun Smuta-Xouli boji kiritilgan edi. Ushbu davlat bojining oʻrtacha qiymati barcha kirib kelayotgan tovar va xizmatlar uchun 40 foiz qilib belgilangan edi. Kuchli proteksionizm siyosati va davlat bojlarining yuqori stavkada belgilanishi oqibatida Yevropa mamlakatlarining iqtisodiyotiga ham asta-sekinlik bilan taʼsir koʻrsata boshlaydi.
Birinchilardan boʻlib, oʻsha paytda AQSH bilan oʻzaro savdo aloqalari katta boʻlgan davlatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya mamlakatlari iqtisodiyoti katta talofat koʻra boshlaydi. Inqiroz mobaynida (1929-1933 yillar.) sanoat ishlab chiqarish hajmi Buyuk Britaniyada 24 %ga, Germaniyada 41 %ga va Fransiyada 32 foizga pasayishi sodir boʻlgan edi. Buning natijasida ushbu korxonalarning aksiyalari qiymati Buyuk Britaniyada 48 %ga va Fransiyada 60 foizga pasayib ketadi.
Yevropaning eng yirik davlatlarida sodir boʻlgan inqiroz butun Yevropani qamrab ola boshlaydi. Statistik koʻrsatkichlarning guvohlik berishicha, sanoat ishlab chiqarish indeksi Chexoslovakiyada – 40 %, Polshada – 45 %, Yugoslaviyada – 50 %ga pasayib ketadi. Bundan ham yomoni mazkur inqiroz ijtimoiy xarakter kasb etib, ommaviy ishsizlikni ham keltirib chiqaradi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra 1933-yilda 32 ta mamlakatga oʻz taʼsirini oʻtkazgan Buyuk depressiya oqibatida ishsizlar soni 44 mln. kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan 14 mln. nafari AQSHga toʻgʻri kelgan.
Jahon iqtisodiy inqirozi qariyb 10 yil davom etadi. Bu oʻz navbatida mamlakatlar iqtisodiyotini izdan chiqarishi bilan birga, ularning siyosiy tizimlarga ham jiddiy taʼsir koʻrsata boshlagan edi. Ushbu yillarda bozorni egallash uchun nohalol kurashlar, xalqaro savdo erkinligiga har tomonlama tajovuzlar, import tovarlari uchun belgilangan davlat bojlari va kvotalarning avj olganligi, savdo va valyuta urushlari, demping siyosatining qoʻllanilishi kabi bozor iqtisodiyotiga zid boʻlgan chora-tadbirlarning tatbiq etilishi natijasida davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro nizolarning illat olishi va kuchlilarning kuchsizlar ustidan hukmronlik oʻrnatishi bilan bogʻliq gegemonlik ishtahalarining yuzaga keltirishiga sabab boʻlgan.
Va buning oqibatida millatchilik, kommunistik va fashistik qarashlar, harakatlarning yana-da urchishi, shuningdek, dunyo sahnasida Adolf Gitler kabi dohiylarning yuzaga kelganligini tarix yaxshi eslaydi. Alaloqibat, Amerikada boshlangan “Buyuk depressiya” Yevropa maydonlarida ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib keladi.
1957-1958 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi inqiroz 20-asrning 1957-58 yillarida qayd etiladi. Inqiroz AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Belgiya, Gollandiya va boshqa koʻplab mamlakatlarni qamrab olgan boʻlib, 1958-yilning oʻrtalariga qadar davom etgan. Inqirozning kelib chiqishiga oʻsha paytdagi ortiqcha ishlab chiqarish, mustamlakachilik tizimlarining barbod boʻlishi, neft narxining koʻtarilishi qaysidir maʼnoda taʼsir koʻrsatgan ekan. Manbalarning qayd etishicha, inqirozning kurtaklari 1956-yilda Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarining oʻzaro ittifoqchiligi asosida Misr davlatiga boshlagan xurujidan boshlangan.
AQSHda koʻplab temir yoʻl kompaniyalarning ommaviy bankrotga uchrashi natijasida qimmatli qogʻozlar bozori jiddiy tanazzulga uchragan. Fond bozoridagi beqarorlik bank tizimiga ham oʻz taʼsiri oʻtkazgan. Inqirozning toʻlqini Yevropa mamlakatlaridan Lotin Amerikasiga oʻtib, ushbu mintaqada ham koʻplab mamlakatlar iqtisodiyotiga zarar yetkazgan. Tarixning guvohlik berishicha, inqiroz davrida AQSHda choʻyan ishlab chiqarish hajmi – 20 %ga, paxta isteʼmoli hajmi – 27 foizga pasayib ketgan ekan. Buyuk Britaniyada eng koʻp talofat koʻrgan tarmoqlardan biri – kemasozlik sanoati boʻlgan ekan. Inqiroz hukm surgan davrda ishlab chiqarish hajmi 26 foizga pasayib ketganligi qayd etiladi. Shuningdek, Germaniyada choʻyan isteʼmoli hajmi 25 foizga, Fransiyada choʻyan va paxta isteʼmoli hajmi 13 foizga, Rossiyada ham choʻyanni eritish sanoati 17 foizga va paxtani qayta ishlash sanoati oʻrtacha 14 foizga pasayib ketgan edi.
1973-1975 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Neft inqirozi. Ushbu yillarda sodir boʻlgan mazkur inqiroz ham “Buyuk depressiya”ga oʻxshagan holda, dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazgan. 1973-yilning oxirgi oylarida AQSHda boshlangan ushbu inqirozning koʻlami, uning davomiyligi va dunyo mamlakatlarining oʻz domiga tortganligi bilan 1957-1958-yilda boʻlib oʻtgan inqirozga qaraganda ancha jiddiyligi va 1929-1933-yillarda sodir boʻlgan inqirozga yaqinligi bilan xarakterlanadi.
Statistik raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, inqiroz davrida AQSHda sanoat ishlab chiqarish hajmi 13 foizga, Yaponiyada – 20 %, GFRda – 22 %, Buyuk Britaniyada – 10 %, Fransiyada – 13 % va Italiyada – 14 foizga qisqargan edi. 1973-yilning dekabrdan va 1974-yilning dekabriga qadar, yaʼni bir yilning ichida aksiyalar kursi AQSH da – 33%, Yaponiyada – 17 %, GFR da – 10 %, Buyuk Britaniyada – 56 %, Fransiyada – 33 % va Italiyada 28 foizga pasayib ketadi.
1974-yilda 1973-yilga nisbatan bankrot boʻlgan korxonalar soni AQSHda 6 %, Yaponiyada – 42 %, GFR – 40 %, Buyuk Britaniyada – 47 %, Fransiyada – 27 %ga oshib, “Buyuk depressiya” vaqtida yuz bergan statistik raqamlarga qariyb yaqinlashib qolgan edi. 1975-yilning oʻrtalariga kelib barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ishsizlarning umumiy soni 15 mln. kishini tashkil qilgan edi. Shu bilan birga 10 mln.dan ziyod ishchilar toʻliqsiz ish vaqti rejimiga oʻtkazilgan edi.
AQSHlarida boshlangan mazkur inqirozning kelib chiqishiga bosh sabablardan biri sifatida neftni eksport qiladigan davlatlarning Gʻarb davlatlariga nisbatan qoʻllagan “neft embargosi” taʼsir koʻrsatgan edi. 1973-yilning 17-oktyabrida OPEKka aʼzo boʻlgan barcha arab mamlakatlari, shuningdek Misr va Suriya davlati oktyabr oyida (tarixda “oktyabr urushi” deyiladi) Isroil Respublikasi tomonidan Misr va Suriyaga qarshi boshlagan urushda Isroilni qoʻllab-quvvatlagan bacha davlatlarga neft yetkazib berishni toʻxtatish bilan bogʻliq qarorni qabul qiladi. Bu, asosan oʻsha paytda Isroilni qattiq qoʻllab-quvvatlagan (hozir ham davom etmoqda) AQSH va Yevropaga qaratilgan edi. Ular oʻzaro kelishilgan holda neft qazib chiqarishni keskin qisqatiradilar va neftning narxi 67 foizga koʻtarilib ketishiga olib keladi. Qiymat koʻrinishida neftning narxi 3 AQSH dollaridan 5 dollarga koʻtariladi. 1974-yilning oxiriga kelib neftning narxi 12 AQSH dollariga koʻtarilgan ekan.
Buning oqibatida koʻpgina nufuzli banklar neftdollari bilan faol ishlay boshlaydilar. Mana shu kezlarda yevrodollar bozori vujudga keladi va xalqaro kredit bozorida ajiotaj boshlanib ketadi. Oʻsha paytda AQSHning koʻplab banklarining kapitallari va bizneslari hududdan tashqarida yoyilib ketgan edi.
Oʻsha paytdagi Amerika Prezidenti Richard Nikson xalqiga murojaat qilib, yoqilgʻini iloji boricha tejab ishlatishni, avtomobillardan foydalanishni qisqartirishni, aviakompaniyalardan esa, imkon qadar reyslarni minimallashtirishni talab etadi. Atrof muhitni himoya qiladigan agentlik vaqtinchalik koʻmirdan foydalanish boʻyicha cheklovni bekor qiladi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, embargo natijasida Yevropada ham sanoat qattiq zarbaga uchraydi.
Ammo “neft embargosi” SSSR deb atalmish katta davlatga qoʻl kelgan edi. Shunda SSSR Gʻarb davlatlariga neft yetkazib beradigan yirik eksportyorga aylanadi. Ikki yilda neft eksporti hajmi 17 foizdan 31 foizga koʻtarilib, “qora oltin” eksportidan byudjetga tushadigan daromad 4-martaga kengayadi. Bunday valyuta tushumini SSSR iqtisodiyoti hali koʻrmagan edi. 1970-yildan 1980-yilga qadar valyuta tushumi 15-martaga oshadi. 1984-yilga kelib SSSRdan Yevropaga eksport qilinayotgan neftning hajmi bir yilda 180 mln.tonnani tashkil qiladi.
Tahlilchilarning mulohazalariga koʻra, SSSRning ushbu “qora oltin”ga, yaʼni xom ashyo resurslarini ishlab chiqarishga bogʻlanib qolganligi oxir-oqibatda davlatni nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan jar yoqasiga olib keladi. Koʻplab sohalarda, ayniqsa xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda disbalans yuzaga kelib, katta miqdorda tovarlarning yetishmasligi (defitsit) vujudga keladi.
1980-1982 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi. Ushbu inqiroz ham davlat va jamiyatlar iqtisodiyotiga oʻzining salbiy taʼsiri hamda uch yil davomida insoniyatning yashash tarziga, daromadlarining pasayishiga sezilarli taʼsir koʻrsatganligi bilan tarixda iz qoldirgan. Inqiroz oʻsha paytda sanoati rivojlangan barcha davlatlarni hamda bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qamrab olgan, xususan Argentina va Braziliya davlatlari iqtisodiyoti ham katta talofat koʻrgan edi.
Umumiy holda inqiroz AQSH va Kanada davlatiga ikki marta qaytalangan toʻlqin sifatida namoyon boʻlgan edi. 1980-yilda rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish indeksi oʻtgan 1979-yilga nisbatan 95,5 foiz va rivojlanayotgan mamlakatlarda 87,5 %ni tashkil etgan edi. 1982-yilda AQSHda iqtisodiy oʻsish surʼati 8,2 % va Yevropa iqtisodiy ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda esa, 1,2 foizga pasaygan edi.
Dastlab inqiroz Buyuk Britaniya va Fransiya iqtisodiyotlarini, keyinchalik AQSH va boshqa davlatlarni qamrab olgan edi. Birinchi bosqichda inqiroz xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaruvchi sanoatni keyingi bosqichda ogʻir sanoatni qamrab olib, yoqilgʻi-energetika sanoatiga ham taʼsir koʻrsatgan edi. Inqirozning keng surʼatlarda tarqalishiga obyektiv sabablar, yaʼni globallashuv jarayonlarining chuqurlashganligi va transmilliy kompaniyalar faoliyatining keng surʼatlarda rivojlanganligi, mamlakatlarning tashqi savdo orqali bir-biriga qattiq bogʻlanib qolganligi taʼsir koʻrsatgan edi.
Maʼlumki, oʻsha yillarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari oʻrtasida tovarlar ayirboshlanishining oʻta liberallashuvi; qariyb barcha tovarlar uchun bojxona toʻlovlarining bekor qilinganligi; jahon kapitalizmi markazlari hisoblangan Gʻarbiy Yevropa, AQSH va Yaponiya oʻrtasida koʻplab tovar va xizmatlar uchun bojxona stavkalarining nol qiymatda belgilanganligi inqirozning tez surʼatlarda sinxron ravishda tarqalishiga olib kelgandi. Inqirozdan xulosa chiqargan holda milliy iqtisodiyotlarning importga bogʻlanib qolishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilib, tovar va xizmatlar uchun asta-sekin davlat boji stavkalari qayta belgilana boshlagan edi.
1987-yil. Jahon moliyaviy inqirozi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1987-yil 19-oktyabrda boʻlib oʻtgan navbatdagi “qora dushanba” (Black Monday). Ushbu kuni fond bozorida Dou-Jons indeksi 22,6 foizga pasayib ketgan edi. Bunday holat nafaqat AQSHni, balki jahon mamlakatlariga ham tarqalib ulguradi. AQSHdan keyin Avstraliya, Kanada va Gongkong fond bozorlarida keskin pasayishlar namoyon boʻla boshlaydi. Xususan, oktyabr oxiriga kelib Avstraliya fond birjasida – 41,8 foiz, Kanadada – 22,5%, Gonkongda – 26,4% pasayish kuzatildi. Standard & Poors 500 global indeksi 22% ga, Gongkong birjasida Xang Seng indeksi esa, 420 punktga pasayib ketdi.



Download 128,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish