MAVZU: JAHON MOLIYAVIY IQTISODIY INQIROZINI MULKCHILIK MUNOSABATIGA TA'SIRI
Kirish
I. BOB. JAHON MOLIYAVIY IQTISODIY INQIROZINING YUZAGA KELISHI
1.1. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sabablari.
1.2. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishning oqibatlari.
II. BOB: DUNYO MAMLAKATLARI TARIXIDA BO`LIB O`TGAN MOLIYAVIY INQIROZLAR
2.1. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining iqtisodiyotga ta’siri
2.2. Iqtisodiyot sharoitining mulkchilik munosabatlariga ta`siri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi kunda har qanday obyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondoshish kerak hisoblanadi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy inqirozi boshlanadi.
Dunyo sanoat jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining qariyb ikki asrlik davrida ko'plab davlatlar iqtisodiyotni inqirozlarini boshdan kechirdilar, bu davrda ishlab chiqarishning o'sishi, bozorda sotilmagan tovarlarning to'planishi, narxlarning pasayishi, o'zaro hisob-kitoblar tizimining qulashi, bank tizimlarining qulashi, sanoat va savdo kompaniyalarining vayron bo'lishi, ishsizlikning keskin sakrashi.
Ixtisoslashgan adabiyotlarda iqtisodiy inqiroz tovarlar va xizmatlarga talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblik sifatida tavsiflanadi.
Inqirozlar insoniyat jamiyatining butun tarixi bilan birga keladi. Dastlab ular XIX asrning o'rtalaridan boshlab qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda krizis sifatida namoyon bo'ldilar - sanoat ishlab chiqarishi va to'lov qobiliyatiga ega talab o'rtasidagi muvozanatni buzish.
XX asrgacha bo'lgan iqtisodiy inqirozlar bitta, ikki yoki uch mamlakat bilan cheklanib, keyin xalqaro xarakterga ega bo'la boshladi. So'nggi o'n yilliklarda jahon hamjamiyati global inqirozlarning oldini olish mexanizmlarini (iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirish, xalqaro moliyaviy tashkilotlarni yaratish, monitoring va boshqalar) yaratganiga qaramay, jahon iqtisodiy kataklizmlari tarixi shuni ko'rsatadiki, ularni aniq bashorat qilolmaydi va hatto undan qochadi. mumkin emas Deyarli ikki asr davomida Evroosiyo va Amerikada iqtisodiy inqirozlar taxminan 20 marta ro'y bergan.
Jahon ilk bor deyarli barcha mamlakatlarga ta’sir ko’rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga duch keldi.
2008 yilning noyabrida Vashingtonda va 2009 yilning aprelida Londonda dunyoning yetakchi 20 davlati ishtirokida bo’lib o’tgan sammitida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning global ko’lamini tasdiqlash bilan birga, undan chiqish uchun dunyoning barcha davlatlari birgalikda izlanish va ularning sa’y harakatlarini movofiqlashtirish zarurligini ko’rsatadi.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi.
2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotimiz tarmoqlariga epidemyaning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga bеrilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o’zining eng past darajasiga tushib kеtishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz dеb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining kеskin tushib kеtishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qobil talabga mos kеlmay (undan oshib kеtadi yoki kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda kеskin ko’tarilishi sababli orqaga kеtadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin bеradi, ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham kеskin o’sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi bеqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish bilan istе’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kеlib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning kеskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular kеltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan kеyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bеrsada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz bеradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y bеradi.
Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz bеrishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf kеltiradigan nе’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lеkin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |