Korporativ boshqaruv” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi


Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishning oqibatlari



Download 128,08 Kb.
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi128,08 Kb.
#902714
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI AYUBXON 2022 17.05

1.2 Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishning oqibatlari.
Iqtisodiy inqiroz - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real YAMMning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.
Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) – iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketma-ket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy inqiroz deganda, mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqt-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqtvaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turlituman tarzda ro‘y bersa-da, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1.Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilish ko‘lamiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga ajratish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o‘rin tutib, u o‘z ichiga pul-kredit va valuta sohasidagi inqirozlarni oladi. AQSH va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida 2008-yilda boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab chiqarish sohasini ham qamrab olib, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga aylandi.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti taklifi qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi.
Valuta inqirozi. Bunda banklarda valuta zaxirasi tugab, milliy valuta kursi keskin tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur tangligini ifodalaydi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida eng avvalo, kishilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi.
Tarkibiy inqirozlar. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsa-da, aks holda me’yordagi xo‘jalik aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste’- mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning o‘zgarishi (ortishi yoki pasayishi) ga bog‘liq. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa, boshqalarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi kuzatiladi.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajasini belgilovchi asosiy omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi deb hisoblashdi.
Agrar inqirozlar. Qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70- yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920-yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib, ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar, uchinchi agrar inqiroz 1948-yildan 80-yillargacha davom etgan.
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga sabab bo‘ladi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur’atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo, absolyut rentaning o‘sib borishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida ularni sotish qiyinlashadi; d) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari bilan ta’minlash maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini ta’minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi.
2.Iqtisodiyotda muvozanatlik buzilishining muntazam yoki onda-sonda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, beqaror inqirozlarga ajratish mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl bo‘yicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha shiddatli bo‘lmay, qisqa davr davom etadi.
Beqaror inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
3.Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilish tavsifiga ko‘ra: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi.
Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, lekin ularning to‘liq sotilmasligida namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida iqtisodiyotda muvozanat buzilib, tovarlar yetishmasligi natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday ekan, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
Moliyaviy inqiroz – bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligining almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy subyektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.
Moliyaviy inqiroz – fond bozori hajmining 20% dan ortiq kamayishi, banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10% dan ortiq pasayishi holatidir.
Shunday qilib, iqtisodiy inqirozlar – o‘z ichiga davlatning pul-kredit, moliya, byudjet va iqtisodiy sohalarini, shu bilan birgalikda korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pirovard natijalari va to‘lovga qobillik darajalaridagi tushkunliklarni olib davlat va korxona iqtisodiyotini orqaga ketishi uni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni paydo bo‘lishi tushuniladi. Iqtisodiy inqirozlar foiz stavkasining ko‘tarilishi, iste’mol tovarlarini kamayishi va narxlarining ko‘tarilishi, moddiy resurslarni taqchilligi, ishlab chiqarish darajasining pasayishi, retsessiya, disproporsiya, va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasayishi oqibatlarini paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. U iqtisodiyotning bosh muammosi “Resurslarning taqchilligi va ehtiyojlarning cheksizligi” sharoitida yuzaga keladi. Sababi resurslarning taqchilligi sharoitida faoliyat olib borayotgan davlat va uning subyektlari doimiy ravishda turli umumjamiyat muammolariga va to‘siqlariga duch keladi. Mazkur muammolarga duch kelishning o‘zi inqiroz.Undan chiqib keta bilmaslik esa, inqiroz muddatini uzaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Moliyaviy inqirozlar – bu muomaladagi pul massasini ortib ketishi, davlat byudjetini taqchilligi, qimmatli qog‘ozlar kursini tushib ketishi, investitsiyalarni susayishi, valyuta qadrini pasayishi kabilardir;
Disproporsiya – bu iqtisodiyotdagi muvozanatlarni buzilishi hisoblanadi. Masalan, tovar va pul o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘qolishi va tovarni pulga nisbatan yoki pulni tovarga nisbatan bir necha barobar o‘sib ketishi. Bunda agar pul tovarga nisbatan o‘sib ketsa, narxlar ko‘tarildai va inflyasiya darajasi oshib ketadi. Agar tovar pulga nisbatan ko‘tarilib ketsa, jamiyatda defdeflyasion jarayonlar yuz beradi. Aylanuvchanlik pasayyadi va u oxir oqibat ishsizlikni ortib aholi daromadlarini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiyotdagi barcha ko‘rsatkichlar proporsional tartibda ushlab turishga harakat qilinadi;
Retsessiya – bu ikki kvartal yoki 180 kun davomida davlatni YAIMni yoki boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini pasayshidir. Retsessiya ishsizlikni ortishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanilmagan holatlarda vujudga keladi;
Moddiy resurslarning taqchilligi natijasida vujudga keladigan inqirozlar. Bu kabi inqirozlar jahon iqtisodiyotida tez-tez kuzatilib turiladi. Natijada taqchil resursni narxi oshadi yoki undan o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanayotgan korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi;
To‘lovga noqobillik – bu korxonalarning inqirozli holatlari bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon bo‘lmagan holatlarda vujudga keladi;
Bankrotlik – bu korxonalarni o‘z qarz majburiyatlarini aktivlari bilan qoplay olmaganliklarida vujudga keladi. Bankrotlik tushunchasi juda ham keng tushunchalardan biri bo‘lib, butun dunyoda iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan ishlatiladi.
Inqirozga qarshi boshqaruvda korxonadagi inqirozni yuzaga kelishiga sababni topmasdan va uni turini aniqlamasdan turib u bilan kurashish samara bermaydi. Demak, inqirozga qarshi boshqaruvning eng birinchi sharti uni vujudga keltirgan sababni o‘rganishdan boshlanadi.
Ko‘plab iqtisodchilar korxona miqyosidagi inqirozlarning sababi marketing sohasidagi kamchiliklardan paydo bo‘lishini ta’kidlaganlar. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor faoliyati o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvining buzilishi yoki uzilishlar u yoki bu darajadagi muammolarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu muammolar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turib qolishi, aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini pasayishi, pul oqimining yetarli emasligi kabilarda hosil bo‘ladi. Natijada korxona faoliyatiga inqiroz havf sola boshlaydi.
Inqirozni vaqtida oldi olinmasa, o‘zidan keyin boshqa inqirozlarni ham multiplikatsiya ko‘rinishida shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, inqirozni vujudga keltiruvchi sabablar ko‘p bo‘lib, eng katta sabab inqirozni o‘zi hisoblanadi. Inqirozga olib keluvchi sabablarni turkumlansa, xususiylarini aniqlash mumkin.
Lekin olimlar o‘rtasida inqirozga olib keluvchi sababalar turkumini belgilab olishda yagona nuqtai nazar keltirilmagan. Chunki, inqirozlarning sababi bir xil bo‘lmaydi. Inqirozlar to‘planib qolgan xato va kamchiliklar hisobiga paydo bo‘ladi. Shuning uchun bitta tan olingan sbabalar tizimi keltirilmagan. Bu fikrni Rossiyalik iqtisodchi olimlar o‘z ilmiy ishlarida tasdiqlab o‘tishgan. Shuningdek, inqirozga olib kelgan sabab oqibatini tahlil qilishda aniqlanadi. To‘g‘ri ba’zi inqirozlarni iqtisodiy jarayonlarning borishiga qarab oldinidan taxmin qilish mumkindir, lekin inson omili bilan bog‘liq inqirozlarni bu kabi bashoratlab bo‘lmaydi. Ularni faqatgina oqibati natijasida aniqlanadi.
1914 yilda jahon iqtisodiy inqirozi Birinchi Jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Harbiy operatsiyalar uchun katta mablag' kerak edi. Natijada, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Rossiya va boshqa davlatlar hukumatlari qimmatli qog'ozlarni mobilizatsiya qildilar va sotdilar. Bir qator shtatlarda chet el tovarlariga kirish taqiqlandi, bu sanoat korxonalarining vayron bo'lishiga olib keldi. Vaziyat Germaniya va Rossiyadagi inqilobiy harakatlar tufayli og'irlashdi.
Buyuk depressiya
Birinchi Jahon Urushidan so'ng, AQSh iqtisodiyotida avj oldi. Yangi korxonalarning tashkil etilishi fond bozorida "sovun pufagi" paydo bo'lishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratdi, ular to'satdan paydo bo'lib, Amerikani Buyuk Depressiyaga olib kirdi (1929-1933). Hozirgacha hech kim inqiroz sabablarini nomlay olmaydi.
Suvaysh kanali atrofidagi keskin vaziyat va 1957 yildagi harbiy mojaro Britaniya, AQSh, Frantsiya, Isroil va Misr kabi mamlakatlarda qo'shimcha qurolga ehtiyoj sezdi. Natijada, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish pasayishi ishsizlik va deflyatsiyaga olib keldi. 1958 yilda kapitalistik dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida mahsulot ishlab chiqarish uchdan bir qismga kamaydi.
1970 yilda OPEK, mamlakatlarni neft sanoati bilan birlashtirgan tashkilot kuchli va nufuzli tashkilotga aylandi. Uning ishtirokchilari neft narxini keskin oshirib yuborishdi - bu jahon bozorida uning hajmini nazorat qilib, deyarli to'rt baravarga oshdi. Natijada, Suriya va Misr bilan harbiy mojaro paytida Isroilning foydasiga deyarli barcha mamlakatlar ta'sir ko'rsatdi. Inqirozdan AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniya ko'proq zarar ko'rdi. Bu davrda SSSRdan Evropaga yirik neft etkazib berila boshlandi.
Meksika inqirozi
1994 yilda neft qazib olish bo'yicha etakchi ko'rsatkichlarga qaramay, Meksikada birjadagi zaxiralar pasayib ketdi. Bunga beqaror siyosiy vaziyat va chet el kapitali va import qilinadigan tovarlarga qaramlik sabab bo'ldi.
Osiyo inqirozi
1997 yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida inqiroz yuz berdi. AQSh investorlari Tailand, Malayziya, Singapurda qayta moliyalash stavkalarini ko'tarishdi, natijada ushbu mamlakatlarning milliy valyutalari qadrsizlanib, hukumat va korporativ qarzlar oshdi.
Qora dushanba
1987 yil qora dushanba kuni Dow Jones indeksining doimo qulashi, iqtisodchilar texnik tizimlarning ishdan chiqishini tushuntirmoqdalar - o'z vaqtida kompyuter tizimi ishlashdan bosh tortdi.
Inqiroz 1998 yil
Rossiyadagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 1998 yilda defolt boshlanishidan ancha oldin boshlandi.
Jahon iqtisodiy inqirozlari mexanizmini tahlil qilib, ular quyidagi bosqichlarda rivojlanadi, degan xulosaga kelish mumkin(4-rasm):
Salbiy vaziyatlarning paydo bo'lishi nafaqat moliyaviy jarayonlarning tsiklik xarakteriga, balki harbiy sanoatning yuqori xarajatlariga (militarizatsiya), global miqyosda spekulyativ firibgarlikka ham bog'liqdir.
XX asrdan so’ng bo’lgan jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozlari
2000-2001 yillardagi inqiroz Internet-kompaniyalar aktsiyalarining ommaviy ravishda qadrsizlanishi, 2001 yil 11 sentyabrdagi terror xurujlari va AQShning etakchi firmalarining moliyaviy hisobotlaridagi janjallar tufayli yuzaga keldi. Ushbu inqiroz sarmoyadorlar uchun katta yo'qotishlarga olib keldi, ammo jahon yalpi ichki mahsulotida va ishlab chiqarishda pasayish kuzatilmadi. Har safar markaziy banklar qayta moliyalash stavkalarini, ba'zan deyarli nolga tushirish orqali inqirozni engib o'tishga yordam berishdi. Darhaqiqat, aktivlarga kiritilmagan yangi emissiya resurslari iqtisodiyotga kiritildi, bu inqirozni engib o'tish uchun turtki bo'ldi. Pullarning qadrsizlanishi va inflyatsiya tufayli inqirozlar bostirildi.
2007-2008 yillardagi inqiroz AQShning ipoteka bozorida boshlandi, bu yalpi ichki mahsulotning 54 foizini yoki taxminan 7,5 trillion dollarni tashkil etadi. Haqiqat shundaki, ko'p qarz oluvchilar (80 foiz) o'zgaruvchan foiz stavkalari bilan kredit olishgan (ARM subprime qarz). Uy-joy narxlari tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan bir paytda, qurol-yarog'ning kichik qarzdorlari pulni qayta qarzga olishlari va qarzlarini qayta moliyalashtirishlari mumkin edi. Biroq, 2007 yilda qayta moliyalashtirish stavkasi o'sishda davom etdi va uylar tezda arzonlasha boshladi. Keyin ushbu guruhning qarz oluvchilari va ulardan 1,8 millionga yaqini qayta moliyalashtirish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi. Ipoteka kreditlarining to'lanmaganligi, hosilaviy qimmatli qog'ozlarni yaratishda garov aktivlaridan foydalangan banklardagi aktivlarning hisobdan chiqarilishiga, zanjirli reaktsiyaga olib keldi.
AQShning 2007 yildagi ipoteka inqirozi butun dunyo moliya bozorining butun tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatdi, pul massasi va muomaladagi qimmatli qog'ozlar va nominal YaIM dinamikasi o'rtasida barqaror bo'lmagan munosabatlar mavjudligini tan olish masalalari yangilandi.
Zamonaviy dunyo iqtisodiyoti yagona organizm bo'lganligi sababli, AQShdagi inqiroz tezda boshqa ko'plab mamlakatlarda chuqur inqiroz hodisalarini keltirib chiqardi. Evropaning eng yirik davlatlarida retsessiya boshlandi. Natijada, trillionlab aktivlar bilan dunyodagi eng yirik banklar joriy to'lovlarni amalga oshirish uchun real mablag'larning etishmasligiga duch keldilar. Jahon bank sektorini fond bozoridagi krizis kutmoqda edi. Deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda fond indekslari 30-40% ga tushdi.
2008 yil sentyabr oyida Qo'shma Shtatlardagi inqiroz uni urushdan keyingi eng katta inqirozga aylantiradigan o'lchovlarni oldi. Aslida, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi eng yirik moliya tashkilotlari o'nlab yillar davomida dunyodagi eng katta iqtisodiyot moliya tizimining asosini tashkil etgan tizim bankrotga uchradi. Inqiroz bank tizimi va investitsiya kompaniyalari uchun o'ta keskin va og'riqli bo'ldi. Bu fond bozorlarining misli ko'rilmagan darajada qulashiga, neft, metallar va boshqa ko'plab turdagi xom ashyo narxlarining keskin pasayishiga olib keldi.
2007-2008 yillardagi inqirozning asosiy sababi global moliyaviy tizimning tizimli beqarorligidir. Moliyaviy tizimdagi bir oz tebranish bilan uning real sektorida qo'llab-quvvatlanmaydigan uning ayrim qismlari ustuvorlikning boshqa qismlari bo'ylab parchalanib, parchalanib, qulab tusha boshlaydi. Inqirozning chuqurligi shundan iboratki, inqirozga qarshi dasturlar uchun misli ko'rilmagan mablag'lar kerak bo'ldi - jami trillionlab dollar. Inqirozga qarshi kurashda Amerikada, Evropa mamlakatlarida, Rossiyada, Qozog'istonda katta miqdordagi pullar safarbar etilgan. Tarix dunyo miqyosida bunday keng ko'lamli inqirozga qarshi dasturlarni hali bilmagan.
Biroq, 2012 yilda jahon ekspertlari global moliyaviy inqirozning yangi to'lqinini kutmoqdalar, bu geosiyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada tub islohotlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan, XXI asr talablariga javob beradigan yangi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish modellari shakllana boshlaydi. Ushbu islohotlar, umuman olganda, xalqaro hamjamiyat uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi va butun dunyoda keng tarqaladi.



1-rasm. Inqirozga olib keluvchi ichki sabablar guruhi


Download 128,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish